Davlat bayroği – mustaqillik va milliy ğurur timsoli
Şimoli-ğarbiy harbiy okrug Maʼnaviyat va maʼrifat markazida Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan «Bir Vatan, bir el, bir bayroq!» şiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ötkazildi.
Unda okrug qömondonligi vakillari, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti professor-öqituvçilari, Nukus davlat pedagogika instituti talabalari, Özbekiston «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi deputatlari, Jamoatçilik kengaşi aʼzolari, öquvçi-yoşlar hamda harbiy xizmatçilar iştirok etdi.
Tadbirda davlat bayroğining qabul qilinişi tarixi, undagi rang va ramzlar mazmuni, milliy davlatçiligimiz va xalqimiz hayotida tutgan örni haqida söz yuritildi. Bayroğimiz ozodlik va mustaqillik, xalqimiz birligi, tinçlik va bunyodkorlik yölidagi ezgu intilişlar ifodasi ekani taʼkidlandi.
Yoş avlod qalbida milliy ğurur, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyğularini yuksaltirişda davlat ramzlarining ahamiyatiga alohida eʼtibor qaratildi. Ularning mazmun-mohiyatini yoşlarga tuşuntiriş, davlat ramzlariga hurmat va ehtiromni kuçaytiriş borasida fikr-mulohazalar bildirildi.
[gallery-32581]
Tadbirning badiiy qismida harbiy orkestr hamda Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filiali talabalari tomonidan ijro etilgan kuy-qöşiqlar iştirokçilarga bayramona kayfiyat ulaşdi.
Maqsad HABIBULLAYEV (surat), ÖzA