Ma’lumki, Markaziy bank jismoniy shaxslarga kreditlar ajratmaydi. Shuningdek, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanmaydi.

Ming afsuski, bugungi kunda turli firibgarlar tomonidan Telegram messenjeri orqali fuqarolarning ishonchiga kirish maqsadida Markaziy bank ramziy belgilari aks ettirilgan soxta profillardan qalbaki guvohnoma rasmlari hamda hujjatlarni yuborish davom etmoqda.

Markaziy bank ushbu soxta “xavfsizlik xizmati” xodimi so‘zlariga ishonib, ko‘plab fuqarolar bank ilovalari orqali onlayn kredit olishga ariza berishi hamda telefon qurilmasiga zararli ilovalar o‘rnatishi natijasida bank kartasida bo‘lgan va ajratilgan kredit mablag‘laridan ayrilib qolayotganini ma’lum qildi.  

Markaziy bank notanish akkauntlardan “kreditni bekor qilish”, “xavfsiz hisobga pul ko‘chirish” mazmunidagi xabarlar kelsa, muloqotga kirishmaslik, ushbu foydalanuvchini bloklab qo‘yish hamda smartfonga zararli (APK) ilovalarni o‘rnatmaslikka chaqirdi.    

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Markaziy bank notanish ilovalarni o‘rnatmaslikka chaqirdi