Makron xantavirusga qarshi kurashda YeIni hamjihatlikka chaqirdi (+video)
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakatdagi epidemiologik vaziyat bo‘yicha hukumat to‘g‘ri qarorlar qabul qilganini va bugungi kunda vaziyat nazorat ostida ekanini ma’lum qildi. Shu bilan birga, u Yevropa Ittifoqi davlatlarini eng qat’iy standartlarga javob beradigan bir xil tartib-qoidalar joriy etishni taklif qildi, deb xabar berdi Euronews.
Nayrobida o‘tkazilgan matbuot anjumanida qatnashgan Makron Afrika qit’asi aholisini ham tinchlantirishga urindi.Uning aytishicha, Fransiyada xantavirus – ya’ni kemiruvchilar orqali yuqadigan xavfli virusli kasallik bilan og‘rigan yagona ayol bemor hali ham og‘ir ahvolda reanimatsiyada qolmoqda. Mamlakatdaesa virusga aloqador taxminan yigirmata shunday holat aniqlangan.
Makronning ta’kidlashicha, hukumat tibbiyot xodimlari yordamida inqirozni nazorat ostiga olgan. Parij, ayniqsa Madrid bilan hamkorlikda, mutaxassislar tavsiyasi asosida eng qat’iy sanitariya tartib-qoidalarini joriy etgan.
Fransiya rahbari bu masalani Yevropa Ittifoqi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti darajasida kuchli muvofiqlashtirish zarurligini ta’kidladi.
Fransiya sog‘liqni saqlash vaziri Stefani Rist mamlakat hududida odamdan odamga yuqishi mumkin bo‘lgan and xantavirus shtammining keng tarqalishi kuzatilmaganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, aniqlangan holatlar asosan kruiz kemasi yo‘lovchilari bilan bog‘liq. Vazirning aytishicha, virus aniqlangan fransiyalik ayolda kasallikning eng og‘ir yurak-o‘pka shakli kuzatilmoqda. U sun’iy nafas oldirish va qonni sun’iy kislorod bilan ta’minlash tizimiga ulangan.
Hukumat ma’lumotiga ko‘ra, Fransiyada 22 nafar kasal bilan yaqin muloqotda bo‘lgan shaxslar aniqlangan. Barchasi tekshiruvdan o‘tkazilgan va kuzatuv ostiga olingan. Ular orasida bolalar ham bor, hozircha bemorlarning ahvoli yaxshi deb baholanmoqda.
Fransiya Milliy jamoat salomatligi agentligi rahbari Karolin Semayl and xantavirusi ilk bor 1995-yilda Argentinada aniqlanganini aytdi. Mutaxassislarning fikricha, virus asosan hayvondan insonga yuqadi. Odamdan odamga yuqishi kam uchraydi va bu asosan yaqin muloqot yoki nafas yo‘llari orqali sodir bo‘lishi mumkin.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, dastlabki belgilar charchoq, bosh og‘rig‘i va yengil tushkunlik kabi oddiy belgilar bilan boshlanadi. Keyin haroratning ko‘tarilishi va o‘pka shikastlanishi kuzatiladi. Hozircha bu kasallikka qarshi vaksina yoki samarali davo mavjud emas. Shu sababli sog‘liqni saqlash idoralari juda qat’iy choralar ko‘rmoqda.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ntum7YVJ0t0" title="Makron xantavirusga qarshi kurashda YEIni hamjihatlikka chaqirdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Kenja Bekjonov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA