Kuraş: jahon çempionatida qadriyatlarimiz uluğlandi
Qozoğiston poytaxti Ostona şahrida kuraş böyiça kattalar örtasida ötkazilgan XV jahon çempionati va uning doirasidagi tadbirlar özbekona sözlarni xalqaro maydonda uluğlab kelayotgan kuraşning dunyo böylab keng ommalaşişida muhim ahamiyat kasb etdi.
Çempionat davomida Ostona şahrida kuraş hakamlari uçun ikki kunlik seminar maşğulotlari taşkil etildi. Xalqaro kuraş assotsiatsiyasi kongressi davomidagi yiğiliş va brifinglarda kuraşning texnik-taktik tamoyillarini yanada mustahkamlaş, uning professionalligini oşiriş borasida muhim qarorlar qabul qilindi. Ilğor taşabbuslar ilgari surildi.
Ikki kunlik jahon çempionati bellaşuvlarida 70 ga yaqin davlatning eng kuçli kuraşçilari turli vazn toifasidagi bahslarda sovrinli örinlarga daʼvogarlik qildi.
Çempionat yakuniga köra, Özbekiston terma jamoasi vakillari 9 ta oltin, 3 ta kumuş va 1 ta bronza, jami 13 ta medalga egalik qilgan holda umumjamoada 1-örinni egalladi. Öz navbatida, Qozoğiston terma jamoasi 2-örinni, Tojikiston kuraşçilari 3-örinni band etdi.
Yurtimiz kuraşçi yoşlaridan Akbar Örolov, Ahror Ziyodullayev, Jahongir Mamatrahimov, Bekmurod Oltiboyev, Maftuna Xolmatova, Hilola Ortiqboyeva, Ibodatxon Agojonova, Ozoda Medetbayeva, Pokizaxon Kamoldinova oltin, Bahrombek Atoyev, Şerali Jörayev, Çaros Abdullayeva kumuş, Quvonçbek Sadinov bronza medallarini qölga kiritdi.
Jahon çempionatida muvaffaqiyatga erişgan Özbekiston terma jamoasi aʼzolari bugun, 9-noyabr kuni Toşkentga qaytib keladi.
Tölqin Röziyev,
ÖzA