Oğir atletikaçilarimiz jahon çempionatida umumjamoada 3-örinni egalladi
Xitoyning Ninbo şahrida oğir atletika böyiça kattalar örtasida ötkazilgan jahon çempionatida Özbekiston terma jamoasi aʼzolari 3 ta oltin medal bilan kuçli uçlikni band etdi.
Ikki hafta davom etgan jahon birinçiligida 150 dan ziyod davlatning 500 nafarga yaqin oğir atletikaçilari “Los-Anjeles-2028” Olimpiadasining dastlabki reyting ballari hamda 16 ta vazn toifasidagi sovrinli örinlar uçun kuraş olib bordi.
Şiddatli keçgan dunyo birinçiligida mahoratli oğir atletikaçimiz Akbar Jörayev -110 kilogramm vazn toifasining dast kötariş maşqida 198 kilogramm natija qayd etib, jahon rekordini yangilagani öziga xos voqelik böldi. Siltab kötarişda 234 kilogramm natija körsatgan sportçimiz ikki kuraşda ham jahon rekordini yangiladi.

Şuningdek, A.Jörayev, ikkikuraş yakunlariga köra, 432 kilogramm natija bilan yana bir jahon rekordini örnatdiki, bu, özbek oğir atletikasining qudratini yana bir bor namoyiş etdi.
Jahon çempionatida KXDR vakillari 20 ta oltin, 8 ta kumuş, 6 ta bronza, jami 34 ta medal bilan umumjamoa hisobida peşqadamlikka erişdi.
17 ta oltin, 10 ta kumuş, 6 ta bronzaga ega çiqqan Xitoy jamoasi ikkinçi örinni egalladi. 3 tadan oltin medalga egalik qilgan Özbekiston va Bolgariya terma jamoalari kuçli uçlikka yakun yasadi.
Tölqin Röziyev,
ÖzA