“Söğdiyona”da inqiroz qönğiroği yangramoqda
Jizzaxning "Söğdiyona" klubi sakkiz uçraşuvdan beri ğalaba qozona olmayapti. "Dinamo"dan qabul qilingan mağlubiyat jamoaning turnir jadvalidagi ahvolini yanada murakkablaştirdi.
8-noyabr kuni Superliganing 27-tur uçraşuvlari nihoyasiga yetdi. Zomindagi bahsda "Söğdiyona" Samarqandning "Dinamo" jamoasini qabul qildi. Uçraşuv mehmonlarning 3:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi. Biroq natijadan ham köra, mezbonlar öyinidagi beqarorlik köproq savollar tuğdirdi.
Bahs jizzaxliklar uçun umidli boşlandi. Hali ikkinçi daqiqa ötar-ötmas, Lyupço Doriyevning uzatmasini Javohir Qahramonov golga aylantirdi. Mezbonlar tezkor goldan keyin hujumkorlikni davom ettiriş imkoniyatiga ega edi. Ammo vaziyatdan töliq foydalanişning uddasidan çiqa olmadi.
Uçraşuvning 29-daqiqasi mezbonlar uçun hal qiluvçi buriliş böldi. "Söğdiyona" himoyaçisi Nodirjon Soyibov raqib hujumçisini töxtatişda qoidabuzarlikka yöl qöydi. Boş hakam Ravşan Abduvohidov uni qizil kartoçka bilan maydondan çetlatdi. Şundan keyin maydondagi kuçlar nisbati mehmonlar foydasiga özgardi.

Oradan uç daqiqa ötib, Artyom Radayevning uzatmasidan söng Amadu Dumbuya hisobni tenglaştirdi. Birinçi bölim yakuniga yaqin Anvarjon Hojimirzayevning zarbasi tösinga tegdi. Mezbonlar uçun bu ham jiddiy ogohlantiriş böldi.
Ikkinçi bölimda samarqandliklar son jihatidan ustunlikdan unumli foydalandi. 71-daqiqada VAR aralaşuvidan keyin hakam qarorini özgartirdi. Dastlab simulyatsiya uçun ogohlantirilgan Jahongir Abdusalomovga körsatilgan sariq kartoçka bekor qilindi. Mezbonlar darvozasiga penalti belgilandi. 73-daqiqada Anvarjon Hojimirzayev töpni aniq tepib, jamoasini oldinga olib çiqdi. 78-daqiqada Rasul Yöldoşev uzoq masofadan yöllagan zarbasi bilan hisobni mustahkamladi.
Şu tariqa, "Dinamo" muhim uç oçkoni qölga kiritdi. Samarqandliklar boş murabbiyi Vadim Abramov ham matbuot anjumanida bu natijani omad bilan boğladi. "Raqib jamoa öyinçisining qizil kartoçka olgani biz uçun omadli böldi", dedi murabbiy. U jamoasining öyinini eng yaxşi bahs sifatida eʼtirof etmadi. Biroq uning taʼkidlaşiça, uç oçkoning özi muhim ahamiyatga ega.
Mezbonlar boş murabbiyi Uluğbek Baqoyev esa mağlubiyat sabablarini izohladi. “Jamoa uçraşuvni yaxşi kayfiyatda va faol boşladi, tezkor goldan keyin yana bir neçta imkoniyatlar yuzaga keldi”, dedi Uluğbek Baqoyev.

Murabbiy keyingi voqealarga alohida töxtaldi. "Qöpol xato va qizil kartoçka bizni sindirib qöydi", deya vaziyatga baho berdi. U futbolçilarining harakatlaridan norozi emasligini ham bildirdi. "Hamma ham xato qiladi, bu futbol. Keyingi öyinga tayyorlaniş kerak", dedi murabbiy.
Albatta, futbolda bir kişi kamayib qoliş jamoa imkoniyatlariga jiddiy taʼsir körsatadi. Ammo bu holat barça muammolarni faqat qizil kartoçka bilan izohlaşga asos böla olmaydi. Çunki "Söğdiyona"ning ğalabasiz seriyasi mazkur uçraşuvdan ança oldin boşlangan.
Jizzaxliklar sönggi bor joriy yilning 5-sentabr kuni Muborakning "Maşʼal" jamoasini mağlub etgan edi. Şundan keyin jamoa sakkizta uçraşuvda ğalaba qozona olmadi. Bu davrda "Xorazm" (Urganç) bilan 0:0 hisobida durang öynaldi. OKMK (Olmaliq)ga 1:2, "Lokomotiv" (Toşkent)ga 2:3 hisobida imkoniyat boy berildi. Toşkentning "Bunyodkor"i bilan 1:1 hisobidagi durang qayd etildi. Kubok bahsida "Andijon"ga 1:2 hisobida mağlub bölindi. Qarşining "Nasaf" jamoasi bilan öyin 1:2, "Buxoro" bilan bahs 1:1 hisobida yakunlandi. Nihoyat, "Dinamo"dan ham 1:3 hisobida mağlubiyat qabul qilindi.

Bu natijalar tasodifiy omadsizlikdan köra çuqurroq muammolar borligini körsatmaydimi? Sakkizta bahs davomida ğalaba qozona olmagan jamoada taktik yondaşuv, öyin intizomi va ruhiy tayyorgarlik qayta körib çiqilişi zarur. Ayniqsa, bir xil muammolar takrorlanayotgan bölsa, ularning sabablarini oçiq muhokama qiliş muhim.
Baqoyevning har bir mağlubiyatdan keyin futbolçilarini himoya qilişi tuşunarli. Murabbiy şogirdlariga işonç bildirişi ham kerak. Ammo bu yerda boşqa savol tuğiladi: agar futbolçilarga eʼtiroz bölmasa, natijalar uçun masʼuliyat kimning zimmasida?
Jamoaning içki muhiti, maşğulotlar jarayoni va rahbariyatning munosabati ham tahlilga muhtoj. Klub rahbariyati mavjud vaziyatga qanday baho bermoqda? Viloyat futbol federatsiyasi mutasaddilari jamoadagi muammolarni örganyaptimi? Bu savollarga oçiq munosabat bildirilişi jamoa manfaatiga xizmat qiladi.

Çunki "Söğdiyona" oddiy turnir iştirokçisi emas. Jizzax viloyati futboli muxlislari uçun bu klubning natijalari alohida ahamiyatga ega. Şuning uçun ketma-ket omadsizliklarni oddiy sport hodisasi sifatida qabul qiliş töğri bölmaydi. Muxlislar natijani ham, uning sabablarini ham bilişga haqli.
Ayni paytda jizzaxliklar Superliga jadvalida 12-örinni egallab turibdi. Navbatdagi raqib esa 15-poğonadagi "Qöqon-1912" böladi. Uçraşuv raqib maydonida ötkaziladi. Demak, Baqoyev şogirdlari uçun bu bahs nafaqat uç oçko, balki ruhiy tiklaniş nuqtai nazaridan ham muhim.
FIFA kunlari munosabati bilan yuzaga keladigan tanaffusdan jamoa samarali foydalanişi lozim. Baqoyev şogirdlarining öyinidagi kamçiliklarni bartaraf etiş uçun vaqt bor. Ammo buning uçun muammolarni tan oliş va ularning yeçimi ustida işlaş talab etiladi.

Abdujalol Qayumov,
ÖzA muxbiri