Zominga kuniga minglab mahalliy sayyohlar kelishadi. Bu yerda ekoturizmni yanada rivojlantirish uchun imkoniyatlar juda katta.
Tojikiston Respublikasi bilan chegarada joylashgan Chortangi kanoni, dengiz sathidan 2400 metr balandlikda juda katta maydonda yastanib yotgan Supa platosi (tekisligi), Sherbuloq chashmasi bugungi kunda odamlar bilan gavjum. Tog‘ o‘rmonlari shifobaxsh archazorlar bilan qoplangan. Hududda ko‘plab dorivor o‘simliklar o‘sadi.
Hududdagi so‘nggi o‘zgarishlarni keng jamoatchilikka yetkazish, tumanga yanada ko‘proq sayyohlar oqimini jalb qilish maqsadida yurtimizdagi ko‘plab sayyohlik kompaniyalari va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun press-tur tashkil etildi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/6KRcypdxntE" title="Ko‘rkam va ulug‘vor Zomin tog‘lari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin NURIDDINOV, O‘zA