O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, ta’lim vaziri Li Jun Suk rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri R.Qosimov O‘zbekiston bilan Koreya Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlar ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar asosida izchil rivojlanayotganini alohida ta’kidladi.

Koreya Respublikasi ilm-fan, innovatsiya va axborot texnologiyalari bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinlardan birini egallab turibdi. Mamlakatimizda ham bu sohalar rivojiga katta etibor qaratilmoqda. Bu jarayonda taraqqiy etgan davlatlar, jumladan, Janubiy Koreya tajribasi keng o‘rganilmoqda, o‘zaro hamkorlik mustahkamlanmoqda.

Toshkent shahridagi Inha universiteti O‘zbekiston va Janubiy Koreyaning ta’lim sohasidagi hamkorligining yaqqol namunasidir. Ushbu universitetda axborot texnologiyalari, injiniring, logistika kabi zamonaviy yo‘nalishlarda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanmoqda. Mamlakatimiz oliy o‘quv yurtlari Koreya Respublikasining o‘ttizdan ortiq ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik qilib kelayotir. Qator ta’lim maskanlarida koreys tili va madaniyati markazlari ochilgan. Janubiy Koreyaning Tegu va Pusan chet tillari universitetlarida o‘zbek tili, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik va Samarqand davlat chet tillari institutlarida koreys tili o‘rgatilmoqda.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasida ta’lim sohasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, birgalikda yangi qo‘shma loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.

– O‘zbekistonning ta’lim sohasidagi tajribalaridan ko‘plab davlatlar namuna olsa arziydi, – dedi Li Jun Suk. – Mamlakatingizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va kadrlarning yangi avlodini shakllantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston – Janubiy Koreya hamkorligi ko‘plab sohalarda izchil rivojlanayotgani bizni g‘oyat quvontiradi. Do‘stlik va o‘zaro manfaatdorlik tamoyillariga asoslangan aloqalarimizni yanada mustahkamlash, istiqbolli loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish tarafdorimiz.

Shu kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik Katta teatrida O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligiga bag‘ishlangan konsert bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik va idoralar, ijodiy va jamoat tashkilotlari, milliy madaniy markazlar vakillari, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus vakillari, san’at ixlosmandlari ishtirok etdi. O‘zbek va koreys xalqlarining mumtoz kuy-qo‘shiq va raqslari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koreya Respublikasi delegatsiyasi uchrashuvlari