Xalqaro kimyo olimpiadasining oçiliş marosimi bölib ötdi
Nukus şahridagi “Oqquş” majmuasida maktab öquvçilarining kimyo faniga oid nazariy bilimlari va amaliy könikmalarini sinovdan ötkazişga qaratilgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi III xalqaro kimyo olimpiadasining oçilişiga bağişlangan tadbir ötkazildi.
Unda Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi Amanbay Orinbayev sözga çiqib, iştirokçilarni xalqaro kimyo olimpiadasining oçilişi munosabati bilan qutladi.
[gallery-32346]
Taʼkidlanganidek, sönggi yillarda Prezidentimiz rahbarligida taʼlim-tarbiya tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantiriş, yoşlarni har tomonlama bilimli qilib kamol toptiriş, ularni qöllab-quvvatlaş borasida keng kölamli amaliy çora-tadbirlar olib borilmoqda. Yurtimizda uçinçi bor ötkazilayotgan xalqaro kimyo olimpiadasi ham ana şunday tadbirlarning amaliy natijasidir.
Olimpiada yoşlarning qiziqişi, bilim va könikmalarini rivojlantirişda, özaro döstona munosabatlarni mustahkamlaşda muhim örin tutadi. Unda dunyoning bir qator davlatidan kelgan 120 nafardan ziyod eng zukko yoşlar bir hafta davomida öz bilimlarini sinovdan ötkazadi.
Albatta, uşbu xalqaro olimpiada yoşlarning kimyo faniga bölgan qiziqişini yanada oşirişga xizmat qiladi.
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), ÖzA