“Eng innovatsion ğoya” respublika tanlovining institut bosqiçi ötkazildi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida “Eng innovatsion ğoya” respublika tanlovining birinçi bosqiçi bölib ötdi.
Iqtidorli talaba-yoşlarni qöllab-quvvatlaş, ularning innovatsion salohiyatini röyobga çiqariş, istiqbolli ğoyalarini amaliy loyihalarga aylantiriş hamda startap taşabbuslarini moliyaviy rağbatlantiriş maqsadida ötkazilgan tanlovda institutning bakalavriat taʼlim yönalişlari hamda magistratura mutaxassisliklarida tahsil olayotgan talabalar özlarining 10 ta ustuvor yönaliş böyiça innovatsion işlanmalari va istiqbolli loyihalari bilan iştirok etdi.

Tanlov davomida iştirokçilarning innovatsion yondaşuvi, ğoyalarning yangiligi, amaliy ahamiyati, istiqboli hamda ularni kelgusida startap loyihalar sifatida amalga oşiriş imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi.

Tanlovning institut bosqiçi ğoliblarini munosib rağbatlantiriş maqsadida birinçi öringa 50 million söm, ikkinçi öringa 30 million söm, uçinçi öringa 20 million söm miqdorida grant mablaği ajratilgan.
Mazkur tanlov yoşlarning ilmiy va ijodiy salohiyatini yuzaga çiqariş, ularni yangiça fikrlaş, zamonaviy texnologiyalar asosida innovatsion yeçimlar işlab çiqiş hamda öz ğoyalarini hayotga tatbiq etişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Dovud Abibullayev,
ÖzA muxbiri