Turkiya turizm va madaniyat vazirligi hamda ushbu mamlakatning O‘zbekistondagi elchixonasi tashabbusi bilan uyushtirilgan navbatdagi Press-tur Ko‘nya shahriga uyushtirildi.

Ziyorat turizmi yo‘nalishiga bag‘ishlangan bu galgi o‘ziga xos sayohat-xizmat safariga jalb etilgan 10 dan ziyod davlatlar vakillari orasida biz – O‘zbekistondagi yetakchi ommaviy axborot vositalaridan taklif etilgan 10 nafar jurnalist ham bor.

Turkiya Respublikasining markaziy qismida, poytaxt Anqaradan janubroqda joylashgan Ko‘nya mamlakatning “buyukshehir”, ya’ni “ulkan shahar” maqomi berilgan alohida kentlari ro‘yxatiga kiritilgan. Bu zaminni musulmon dunyosiga aloqador har qanday inson eng avvalo Mavlono Rumiy yashab o‘tgan yurt sifatida biladi. Binobarin, biz hozir Rumiy avlodlarga meros qoldirgan ma’naviy xazinaning ahamiyati, dunyoviyligi-yu, ilohiyligi xususidagi fikrlarimizni, hazrat bilan bevosita bog‘liq manzillar ziyoratidan olgan tassurotimiz tavsifini keyingi maqolalarimizga asrasak-da, dastlabki hikoyamizda ushbu muqaddas shahar haqida mo‘’jaz so‘z yuritsak...

Dengiz sathidan 1000 metr balandlikda joylashgan Ko‘nya shahrida bugungi kunda 2 milliondan ziyod (so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra 2 million 232 ming kishi) aholi istiqomat qiladi. Shahar hududi va shu nom bilan ataladigan Turkiyada eng yirik hisoblanadigan bu viloyat jami 731 kichik-kichik tumandan iborat.

Ko‘nya shahri tarixiga oid manbalarda ushbu shaharning paydo bo‘lishi bundan 5 ming yillar oldingi davrga nisbat beriladi. Uumuman, insonlarning bu joylarga ilk bor ko‘chib kelib, yer o‘zlashtirib, dehqonchilik bilan shug‘ullana boshlaganiga esa, olimlar fikricha, 8-9 ming yilcha bo‘lgan ekan. Azaldan aholining asosiy tirikchiligi qishloq xo‘jaligi sohasi bilan chambarchas bog‘langan mazkur hudud unumdor yeri, go‘zal tabiati, yoqimli iqlimi va boshqa qulayliklari bilan mudom yangi-yangi qabila-yu elatlarni o‘z bag‘riga chorlayvergan.

Shu tariqa shahar, viloyat hududi borgan sari kengayib, qishloq xo‘jaligi ekinlari, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish hajmi ortishi o‘z-o‘zidan sanoatni rivojlantirish zaruratini yuzaga chiqargan. Endilikda mahalliy iqtisodiyotning salmoqli ulushi sanoat hisobidan ta’minlanadi. bugungi kunga kelib Ko‘nyada ishlab chiqarishning og‘ir sanoatdan boshqa har qanday turini uchratish mumkin.

Tarixiy manbalarda turk davlatchiligiga asos solinishi bevosita Ko‘nya bilan bog‘liqligi aytiladi. Aniqrog‘i, Saljuqiylar ilk bor hozirgiya Turkiya hududiga kelib joylashganda aynan shu shaharni poytaxt tutganlar. Ya’ni, Onado‘li yoki yevropacha talqinda Anatoliya, deb atalgan qadimiy buyuk sivilizatsiyaning beshigi bo‘lmish Ko‘nya asrlar davomida insoniyatni hayratga solib kelgan manzillardan biri sifatida e’tirof etilgan. Faqat Usmoniylar imperiyasi vujudga kelgandan keyingina poytaxt Istanbulga ko‘chgan.

Press-tur dasturidan Ko‘nyaning eng asosiy, diqqatga sazovor manzillari – Mavlono Jaloliddin Rumiy maqbarasi, “Irfon madaniyati” tadqiqotlar va madaniyat markazi, “Panorama” muzeyi, “Chatalguyuk” majmuasi kabi tarixiy, madaniy-ma’rifiy meros namunalari bo‘ylab sayohat o‘rin olgan. Tabiiyki, dunyoning turli davlatlaridan kelgan hamkasblarimiz bilan birga 17 dekabr – Mavlono Jaloliddin Rumiy vafot etgan kun munosabati bilan Ko‘nyada an’anaviy ravishda o‘tkaziladigan Shebi Arus (Seb-i-Arus), marosimida ham ishtirok etamiz. Bularning bari xususida batafsil ma’lumot berish niyatidamiz. O‘zA sahifalarini kuzatib boring.

O‘zA maxsus muxbiri G‘ayrat XONNAZAROV,

Ko‘nya shahri, Turkiya

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ko‘nya – turk davlatchiligining ilk poytaxti