Konstitutsiyamiz keng o‘rganilmoqda
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi 64-umumta’lim maktabida 2 ming 65 nafar o‘quvchi zamonaviy sharoitlarda ta’lim-tarbiya olmoqda.
Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi 64-umumta’lim maktabida 2 ming 65 nafar o‘quvchi zamonaviy sharoitlarda ta’lim-tarbiya olmoqda.O‘quv dargohida yoshlarning huquqiy bilimini oshirish, ularga Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini keng tushuntirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda tashkil etilayotgan turli tadbirlar, ochiq darslar, bahs-munozaralar va bellashuvlarda yoshlar faol ishtirok etmoqda. Huquqiy savodxonlikka oid bilim va tushunchalarini insho va tasviriy san’at shaklidagi ijodiy ishlarida o‘ziga xos tarzda aks ettirmoqda.