Biznes-ombudsman tomonidan Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi hamda uning tizimidagi tashkilotlarda tadbirkorlik sohasidagi qonunchilik ijrosi hamda tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida o‘tkazilgan tekshiruvlarning qonuniyligi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida inspeksiya va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlari tomonidan 312 ta holatda tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi. Shuningdek, Janubiy mintaqaviy inspeksiya xodimlari tomonidan 3 ta holatda o‘tkazilgan tekshiruv Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan.  

Shimoli-g‘arbiy mintaqaviy inspeksiyada 24 ta, Samarqand-Buxoro viloyat inspeksiyasida 17 ta, Markaziy mintaqaviy inspeksiyada 1 ta holatda o‘tkazilgan tekshirishlarda “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshiruvlar va profilaktika tadbirlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida” Nizom talabiga rioya etilmagan.  

Masalan, inspeksiyaning yetakchi mutaxassislari tomonidan tadbirkor faoliyatida o‘tkazilgan tekshiruv yakuni bo‘yicha ma’lumotlar belgilangan muddatda yagona tizimga kiritilmagan. Xuddi shu kabi qonunbuzilish 41 ta o‘tkazilgan tekshirishlarda ham takrorlangan.  

Shimoli-g‘arbiy mintaqaviy inspeksiyada 90 ta, Samarqand-Buxoro viloyat inspeksiyasida 19 ta, Farg‘ona mintaqaviy inspeksiyasida 26 ta, Janubiy mintaqaviy inspeksiyada 13 ta, Markaziy mintaqaviy inspeksiyada 2 ta jami 150 ta holatda yuqorida belgilangan Nizom talablariga rioya etilmagan.  

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonunning 28-moddasiga asosan ariza yoki shikoyat masalani mazmunan hal etishi shart bo‘lgan davlat organiga, tashkilotga yoki ularning mansabdor shaxsiga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida, qo‘shimcha o‘rganish va (yoki) tekshirish, qo‘shimcha hujjatlarni so‘rab olish talab etilganda esa, bir oygacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilishi belgilangan.  

Inspeksiya xodimlari 11 ta murojaatni qonunchilikda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqmagan. Inspeksiyada 2 ta, Samarqand-Buxoro viloyat inspeksiyasida 4 ta, Markaziy mintaqaviy inspeksiyada 5 ta holatda belgilangan muddatlarda murojaatlarga javob xati berilishiga rioya etilmagan.  

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari talablariga ko‘ra, qo‘mita va inspeksiya tomonidan ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari “Litsenziya” axborot tizimi orqali amalga oshirilishi belgilangan.  

O‘rganish davomida davlat xizmatlari “Litsenziya” axborot tizimi orqali emas, balki an’anaviy tarzda, ya’ni qog‘oz shaklda to‘g‘ridan-to‘g‘ri amalga oshirilayotgani ma’lum bo‘ldi. Qayd etilgan kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 25 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.  

O‘rganish yakuni bo‘yicha sohada qonun hujjatlarining aniqlangan buzilishlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida qo‘mita rahbariga taqdimnoma kiritildi.  

Sh.Mamaturopova,  

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasining 25 nafar mansabdoriga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi