Har kuni o‘rtacha 20 bet kitob o‘qishni odatga aylantirgan Dilbarxon Haydarova nafaqat bilimga chanqoq, balki kitob orqali hayot saboqlarini o‘rganuvchi yosh kitobxondir. U Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda 8-sinfda tahsil oladi va kelajakda dasturchi bo‘lishni orzu qiladi. Dilbarning fikricha, bu orzuga yetishish yo‘lida eng samarali "kod" – bu kitob mutolaasidir.

Buyuk alloma Shayx Najmiddin Kubro kitob haqida shunday degan: "Kitob — sahroda do‘st, hayot yo‘llarida tayanch, yolg‘izlik damlarida yo‘ldosh, baxtiyor daqiqalarda rahbar, qayg‘uli damlarda madadkor, odamlar orasida zeb-u ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda quroldir".

Darhaqiqat, kitob inson hayotining har bir jabhasida yo‘ldosh bo‘la oladi. Shu sababdan ham yoshlar orasida mutolaa madaniyatini keng targ‘ib qilish maqsadida 2017 yildan buyon Prezidentning besh muhim tashabbusi doirasida "Yosh kitobxon" tanlovi an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.

Dilbarxon Haydarova ushbu nufuzli tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Prezident sovg‘asi — elektromobil bilan taqdirlandi. Bu yutuq uning kitobga bo‘lgan mehri va fidoyiligining yorqin samarasidir. 

Dilbarxon:

– Kitob o‘qisam, ko‘nglim orom topadi, ichimda bir iliqlik uyg‘onadi. Har bir asar qahramonlari bilan g‘oyibona suhbatlashaman. Ishonchim komil, kitoblar bizni faqat yaxshilikka yetaklaydi, qalbimizni poklaydi va kelajakka yorug‘ yo‘l ochadi.

Unga eng katta ta’sir ko‘rsatgan asar — Farhod Musojonovning "Bir qultum buloq suvi" qissasi bo‘lgan. Asardagi bosh qahramon Rihsivoy singari, Dilbarxon ham hayot sinovlaridan cho‘chimay, qat’iyat bilan oldinga intiladi. O‘tgan yozgi ta’til davomida u 30 dan ortiq kitobni mutolaa qilib, tanlovda ishtirok etdi.

Dilbarxonning bu muvaffaqiyati dugonalari orasida ham kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirdi. U doimo ularga shunday deydi:

– Kitob o‘qish – inson tafakkurining ozuqasi.

Dunyo tarixidagi buyuk shaxslar, podshohlar, davlat arboblari haqida o‘rgansak, ularning barchasi yoshligidan kitob o‘qishga, yozishga jalb etilganini ko‘ramiz. Bu esa mutolaaning naqadar muhimligini yana bir bor isbotlaydi.

Eslatib o‘tamiz, "Yosh kitobxon" tanlovi 10–14, 15–19 va 20–30 yosh toifalarida o‘tkazilib, mahalla, sektor, tuman, hudud va respublika bosqichlarini qamrab oladi. Tanlovda ishtirokchilar quyidagi 5 shart bo‘yicha bahs olib borishadi:

— "Badiiy asarlar bilimdoni";

— "Tezkor savol-javob";

— "Buyuk mutafakkir va adib";

— "She’riyat";

— "Insho yozish".

Bu kabi tanlovlar yoshlarning bilimga bo‘lgan intilishini oshirib, ma’naviy yetuk avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi. Dilbarxon Haydarova kabi fidoyi va kitobsevar yoshlar esa jamiyatimizning eng katta boyligidir.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kitobga oshno qalb – nurli kelajak poydevori