O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida milliy kinematografiyamizning buyuk ijodkorlariga bag‘ishlangan “O‘zbekiston kino san’ati ustalari” turkumidagi bir qator hujjatli filmlar premerasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu filmlar O‘zbekiston kino san’ati rivojida ulkan iz qoldirgan uch ulug‘ san’atkor — Yo‘ldosh A’zamov, Shukur Burxonov va Razzoq Hamroyevning hayoti hamda ijodiga bag‘ishlanadi.  

Yo‘ldosh A’zamov — o‘zbek kinosining asoschilaridan biri edi. Ustoz san’atkor nainki kinorejissyor, balki o‘z davrining mahoratli pedagoglaridan biri sifatida ham mashhur edi. U yaratgan filmlar o‘zbek xalqining boy tarixiy va madaniy merosini chuqur ifoda etadi. 

“Maftuningman”, “Mahallada duv-duv gap”, “O‘tkan kunlar” singari filmlar o‘zbek kinosi xazinasida alohida o‘rin tutadi. Y.A’zamov o‘z  kartinalarida qahramonlar ruhiyatini nozik his qilish, milliy ruhni jonlantirish mahoratini namoyon etgan.  

O‘zbekiston xalq artisti Shukur Burxonov xalqimiz mehrini qozongan buyuk aktyor edi. Uning iste’dodi sahnada ham, kinoda ham yuksak qadrlangan. San’at darg‘asi o‘zining betakror mahorati bilan milliy teatr va kinematografiya rivojiga beqiyos hissa qo‘shdi. Uning ijrosidagi obrazlar o‘zbek madaniyatining bebaho ma’naviy xazinasidir.  

O‘zbekiston xalq artisti Razzoq Hamroyev tarixiy va dramatik obrazlar ustasi edi. Razzoq Hamroyevning ijodi hamisha chuqur dramatizm va milliy ruh bilan sug‘orilgan. U yaratgan tarixiy obrazlar, xususan, “Ma’rifat yo‘llari”, “O‘tkan kunlar” kabi filmlardagi rollari, tomoshabin qalbiga singib ketgan. Uning ijodiy faoliyati davomida yaratgan obrazlari o‘zbek xalqining shonli tarixi va madaniyatini aks ettirgan.  

Tadbir doirasida O‘zbekiston kino san’ati muzeyiga tashrif uyushtirilib, unda tomoshabinlar milliy kinoning tarixiy rivojlanishi bilan yaqindan tanishdilar. Muzeydagi yangi ekspozitsiyalar, ijodkorlarning hayoti va ijodini aks ettiruvchi eksponatlar hamda hujjatli filmlar mehmonlarda yorqin taassurot qoldirdi.  

“O‘zbekiston kino san’ati ustalari” turkumidagi hujjatli filmlar premerasi, nafaqat o‘zbek kinosining buyuk darg‘alarini xotirlash, balki ularning ma’naviy va madaniy merosini kelgusi avlodlarga yetkazish yo‘lidagi ulkan qadamlardan biri bo‘ldi, desak yanglishmaymiz.  

N.Usmonova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Kino ustalarining o‘lmas merosi haqidagi yangi filmlar