Ma’lumki, keyingi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizning uch ming yillik shonli tarixi sahifalarini xolis, atroflicha o‘rganish va ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, yurtimiz taraqqiyoti solnomasida o‘zidan yorqin iz qoldirgan atoqli allomalar, adib va mutafakkirlar, mashhur hukmdor va harbiy sarkardalarning ibratli hayoti va faoliyatini ilm-fan, adabiyot va san’at vositalari orqali keng yoritish, shu tariqa yoshlarimizni ajdodlar merosiga hurmat va sadoqat, yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash yo‘lida muhim chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

E’tiborli jihati, bu borada kino san’atining ta’sirchan va jozibali kuchidan unumli foydalanishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Shu maqsadda 2024 yil 5 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kinematografiya sohasini yanada rivojlantirish hamda mamlakatimiz tarixiga bag‘ishlangan filmlar turkumini yaratishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinganini alohida ta’kidlash joiz.

Ushbu hujjatga asosan “Tirik tarix” deb nomlangan yirik loyiha doirasida milliy kino san’atimiz tarixida ilk bor badiiy, badiiy-publitsistik, qisqa metrajli, hujjatli, animatsion film va seriallardan iborat jami 54 ta kino asar yaratish ustida keng ko‘lamli ish olib borilmoqda. Mazkur filmlarda xalqimizning qadimiy davlatchilik tarixi, boy madaniyatimiz, azaliy qadriyat va an’analarimiz, dunyo sivilizatsiyasi ravnaqiga unutilmas hissa qo‘shgan ulug‘ ajdodlarimizning serqirra hayoti va bebaho merosini to‘laqonli aks ettirish asosiy vazifa etib belgilangan.

[gallery-24861]

Bu yo‘nalishda boshlangan ishlar o‘zining dastlabki natijalarini bera boshlaganini qayd etish lozim. O‘tgan yili “Bahodir Yalangto‘sh”, “Maxtumquli Firog‘iy”, “Ajiniyoz” badiiy filmlari yaratilib, tomoshabinlarga taqdim qilindi va jamoatchilik e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Ayni paytda yana bir qancha kartinalarni tasvirga olish, montaj va ovozlashtirish ishlari davom etmoqda. 

Shu yil 20 avgust kuni poytaxtimizdagi “Renessans” kino uyida “Tirik tarix” dasturi bo‘yicha suratga olingan yana bir keng qamrovli kino asar – “Ulug‘ Amir va donna Mariya” tarixiy badiiy filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda taniqli madaniyat va san’at namoyandalari, tarixchi olimlar, ijodkor ziyolilar, xorijiy mehmonlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

– Yangi film taqdimotiga yurtimizning keng jamoatchiligi, xorijiy mehmonlar kelganidan xursandmiz, – dedi Kinematografiya agentligi direktori vazifasini bajaruvchi Shuhrat Rizayev. – Prezidentimiz o‘tgan yili may oyida kino sohasi vakillari bilan uchrashib, Vatanimizning uch ming yillik ulkan tarixiga oid filmlar yaratish bo‘yicha g‘oyalarni ilgari surgan edilar. “Ulug‘ Amir va donna Mariya” tarixiy badiiy filmi ham bu boradagi ijodiy izlanishlar natijasidir. 

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “O‘zbekfilm” kinokonserni hamda Turkiyaning “Kanguru” kinokompaniyasi hamkorligida suratga olingan mazkur filmda Sohibqiron Amir Temur hayoti va faoliyatining shu choqqacha ko‘pchilikka noma’lum bo‘lgan ibratli jihatlari to‘g‘risida hikoya qilinadi.

Ma’lumki, olamshumul faoliyati bilan o‘z davrining siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy hayotiga ulkan ta’sir ko‘rsatgan buyuk Amir Temur haqli ravishda insoniyat tarixidagi eng mashhur davlat arboblaridan biri, yengilmas sarkarda, donishmand bunyodkor, ilm-fan va madaniyat homiysi sifatida e’tirof etiladi. 

Shu bois ulug‘ ajdodimiz haqida dunyoning turli mamlakatlarida ko‘plab ilmiy va badiiy kitoblar, pesa va filmlar, tasviriy san’at asarlari yaratilgan. O‘zbek va turk kino ustalari tomonidan suratga olingan yangi filmda ham Sohibqironning ana shunday ibratli fazilatlari, “Kuch – adolatda” degan hayotiy tamoyilni qaror toptirish yo‘lidagi sa’y-harakatlari, uning tabiatiga xos bo‘lgan beqiyos azmu shijoat bilan birga kechirimlilik, bag‘rikenglik, mehr-oqibat singari xususiyatlar ta’sirchan badiiy vositalar orqali ochib berilgan.

Taniqli adib Xayriddin Sulton ssenariysi asosida yaratilgan “Ulug‘ Amir va donna Mariya” badiiy filmi avvalo murakkab syujet chizig‘i, mavzuning original talqini, tarix va bugungi kun voqeliklarini uyg‘un va mushtarak holda badiiy aks ettirishi, dramatik intrigalarga boyligi bilan tomoshabinlar e’tiborini tortadi. 

Film voqealari biryo‘la ikki parallel yo‘nalishda shiddatli rivojlanib boradi. Unda olis o‘tmish va zamonaviy hayot manzaralarining betakror tasvirlari bir-birini tabiiy tarzda to‘ldiradi. Kinoasarni tomosha qilgan ma’rifatli tomoshabin beixtiyor inson ruhiyatining cheksiz va sirli sarhadlari haqida, avlodlar o‘rtasidagi uzviy rishtalar, bu dunyoda qachondir yuz bergan biron voqea-hodisa hech qachon izsiz ketmasligi xususida falsafiy o‘ylarga toladi.

Tasvirga olish ishlari Turkiya va O‘zbekiston hududida olib borilgan ushbu yirik xalqaro ijodiy loyihani muvaffaqiyatli ruyobga chiqarishda yana ko‘plab mahalliy va xorijiy kinomutaxassislar, rassom va operatorlar, dizaynerlar, kompyuter grafikasi ustalari, prodyuser va kaskadyorlarning ham munosib xizmatlari bor. 

Mazkur film “Qor qo‘ynida lola”, “Orzu ortida”, “Chashma”, “Afg‘on”, “Faridaning ikki ming qo‘shig‘i”, “Evrilish” singari kino asarlari bilan shuhrat qozongan iste’dodli kinorejissyor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Yolqin To‘ychiyev tomonidan suratga olingan. 

Bir so‘z bilan aytganda, mamlakatimiz mustaqilligining 34 yillik bayramiga munosib tuhfa sifatida yaratilgan “Ulug‘ Amir va donna Mariya” badiiy filmi milliy kino san’atimiz rivojida yangi sahifa ochishi shubhasiz.

Nazokat USMONOVA, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Milliy kino san’atimizning yangi sahifasi