Jizzax somsasi endi Taxtaköpirda ham sevib isteʼmol qilinadi
Jizzax viloyati Taxtaköpir tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga kömaklaşadi. Hududda yoşlarni avtomobil zavodida iş bilan taʼminlaş va oliy taʼlim muassasalarida öqitiş böyiça kelişuvlarga erişildi. Şuningdek, tumanda «Jizzax somsasi» brendi ostida yangi maskan oçiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 14-avgustdagi “Qoraqalpoğiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga qaratilgan çora-tadbirlarni yanada jadallaştiriş töğrisida”gi qarori asosida Jizzax viloyatiga Taxtaköpir tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişda kömaklaşiş vazifasi yuklatilgan.
Şu munosabat bilan viloyat delegatsiyasi uşbu tumanda bölib, mahalliy mutasaddilar bilan hamkorlik yönalişlarini muhokama qildi. Uçraşuvlarda aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga alohida eʼtibor qaratildi.


Xususan, ehtiyojmand oilalardagi bemorlarni Jizzax viloyatida davolaş böyiça manzilli çoralar belgilab olindi. Yoşlar bandligini taʼminlaşga qaratilgan istiqbolli loyihalar ham kelişib olindi.
Taxtaköpirlik yoşlar uçun zamonaviy şaroitlar yaratiş, sportda çempionlar safini kengaytiriş masalalari ham körib çiqildi. Qoraqalpoğistonlik yoşlarni Jizzax oliy taʼlim muassasalarida öqitiş böyiça hamkorlik rejalari muhokama etildi.


Şuningdek, yoşlarni yapon tiliga öqitiş va avtomobil zavodida iş bilan taʼminlaşga kömaklaşiş taşabbuslari ilgari surildi.
Tumanning sayyohlik imkoniyatlari ham hamkorlikning istiqbolli yönalişlaridan biri hisoblanadi. Qarateren köli sohilida taşkil etilgan ekoturistik maskan bu boradagi imkoniyatlarni namoyon etadi.
Hududda yirik tadbirlarga möljallangan 10 dan ortiq zamonaviy ötov qad rostlagan. Mahalliy aholi turmuşi va madaniyatini aks ettiruvçi buyumlar jamlangan muzey ham sayyohlarda katta qiziqiş uyğotadi.

Kuzatuv maydonçasi va Borşetov tepaliklariga olib çiquvçi zina sayyohlar uçun qöşimça imkoniyat yaratgan. Bu manzilning turistik jozibadorligini yanada oşirişga xizmat qiladi.
Eʼtiborlisi, hamkorlik faqat ijtimoiy va turistik loyihalar bilan çeklanmaydi. Jizzaxning gastronomik salohiyatini Qoraqalpoğistonda tarğib etiş ham rejalaştirilgan.
Yoş tadbirkorlar taşabbusi bilan Taxtaköpirda «Jizzax somsasi» brendi ostida yangi somsaxona oçiş közda tutilmoqda. Loyiha milliy taomlarimizni keng tarğib qiliş, yoşlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaşga xizmat qiladi.

Zero, hududlar örtasidagi hamkorlikning haqiqiy samarasi aholi hayotidagi ijobiy özgarişlarda namoyon böladi. Jizzax somsasining yangi manzilda taqdim etilişi ham ana şu ezgu maqsadga xizmat qiladi.
Abdujalol Qayumov, ÖzA muxbiri