Jizzaxda yirik agrologistika loyihasi namoyiş etildi
Jizzax viloyatiga taşrif buyurgan 30 nafarga yaqin xorijiy diplomant va xalqaro taşkilot vakillariga “BMB-NRC Agrologistics” loyihasining eksport imkoniyatlari namoyiş etildi.
2026-yilning 6-noyabr kuni Jizzax viloyatiga 30 nafarga yaqin xorijiy diplomat va xalqaro taşkilot vakillari taşrif buyurdi. Ular hududning iqtisodiy imkoniyatlari va istiqbolli investitsiya loyihalarini közdan keçirdi.
Tadbirda MDH, Xitoy, Yaqin Şarq, Yevropa va Amerika davlatlari diplomatik vakolatxonalari rahbarlari iştirok etdi.
“Uşbu majmua nafaqat hudud, balki mamlakat eksport salohiyatini oşirişda strategik ahamiyatga ega. Biz xalqaro standartlar asosida mahsulot yetkazib berişning töliq zanjirini yaratdik”, dedi “BMB Holding” Tijorat va marketing departamenti direktori Mansur Musayev.


Taşrif dasturida “BMB Holding” tasarrufidagi “BMB-NRC Agrologistics “ loyihasi alohida örin egalladi. Mehmonlarga zamonaviy agrologistika infratuzilmasi va işlab çiqariş jarayonlari taqdim etildi.
Loyiha qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştiriş, saralaş, qadoqlaş va saqlaş jarayonlarini qamrab oladi. Mahsulotlarni xalqaro bozorlarga tayyorlaş va yetkazib beriş imkoniyatlari ham namoyiş qilindi.


Bu jarayonning ahamiyati şundaki, agrar sohada eksportbop mahsulot yetiştirişning özi kifoya qilmaydi. Uni sifatli saqlaş, xalqaro talablarga mos tayyorlaş va xaridorga öz vaqtida yetkaziş ham zarur.
Şu bois zamonaviy agrologistika infratuzilmasi mamlakat eksport salohiyatini yuksaltirişda muhim örin tutadi. “BMB-NRC Agrologistics” loyihasi ham qişloq xöjaligi imkoniyatlarini taşqi bozorlar bilan boğlaşga qaratilgan.
Diplomatik korpus vakillarining taşrifi loyihani xalqaro hamjamiyatga tanitiş uçun muhim imkoniyat böldi. Bunday muloqotlar xorijiy hamkorlar bilan işbilarmonlik aloqalarini kengaytirişga zamin yaratadi.

Ayni paytda Özbekistonda investitsiyalarni jalb qiliş va eksport hajmini oşiriş ustuvor iqtisodiy vazifalardan hisoblanadi. Jizzaxdagi mazkur taşabbus agrosanoat tarmoğida uşbu maqsadlarga erişiş yölidagi amaliy loyihalardan biridir.
Zero, har bir istiqbolli investitsiya taşabbusining qiymati uning iqtisodiyotga qöşgan hissasi bilan belgilanadi. Şu jihatdan, loyihaning xalqaro maydonda taqdim etilişi yangi hamkorlik aloqalari uçun imkoniyat yaratadi.
Abdujalol Qayumov,
ÖzA muxbiri