Davlat betaraf kuzatuvçi emas, bolaning yonida turuvçi himoyaçidir
Qonun şarhi
Har qanday davlatning haqiqiy qudrati uning qurol-yaroği, iqtisodiy körsatkiçlari yoki hududining kengligi bilan ölçanmaydi. Davlatning tarixiy va maʼnaviy salmoği, avvalo, uning eng ojiz, özini özi himoya qilişga qodir bölmagan fuqarolari, bolalarga bölgan munosabatida namoyon böladi.
Özbekistonda “Bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş tizimi takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunning qabul qilinişi aynan ana şu haqiqatning huquqiy va siyosiy ifodasidir.
Bu qonun şunçaki oddiy normativ özgariş emas. U jamiyatga aniq va murosasiz siyosiy signal beradi, bolaga qöl kötariş, uning şaʼni va qadr-qimmatini toptaş heç qanday “tarbiya”, “oilaviy iş”, “içki masala” yoki “uyat böladi” qabilidagi bahonalar bilan oqlanmaydi. Davlat bu masalada betaraf kuzatuvçi emas, balki bolaning yonida turuvçi mustahkam himoyaçidir.
Yangi qonunning eng adolatli va qatʼiy jihati, 14 yoşga tölmagan bolaga nisbatan zöravonlik sodir etganlik uçun uzoq muddatli yoki umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosining belgilanganidir. Bolalikni öğirlagan şaxs jamiyat oldida heç qanday yumşatuvçi munosabatga loyiq emas va bölişi ham mumkin emas.
Köpinça zöravonlikdan jabrlangan bola öz boşidan keçirganini yillar ötib, faqat voyaga yetganda anglab, tilga çiqara oladi. Endi jinoyatçi uçun “vaqt ötib, unutilib ketadi”, degan umid butunlay yöqqa çiqarildi. Bunday jinoyatlar uçun javobgarlikka tortiş muddatining ötib ketgani asosida jazodan ozod qiliş tartibi bekor qilindi. Maşhur huquqşunos olim Çezare Bekkaria taʼkidlaganidek, jinoyatlarning oldini olişda jazoning oğirligi emas, balki uning muqarrarligi samaraliroq taʼsir körsatadi. Yangi qonun aynan mana şu muqarrarlikni kafolatlaydi.
Qonunning insonparvarlik mohiyati faqat jazolaşda emas. Uning eng muhim yutuği– jabrlangan bolani tergov va sud jarayonida ikkinçi marta jarohatlamaslikka qaratilgan kafolatlardir. Xalqaro amaliyotda bu “ikkilamçi viktimizatsiya”ning oldini oliş deb ataladi.
Endilikda jabrlangan bolani söroq qiliş jarayonining videoyozuvga olinişi uning öz fojiasini turli idoralarda qayta-qayta sözlab berişiga çek qöyadi. Bola va gumon qilinuvçi örtasidagi yuzlaştiruvning maxsus tartibda ötkazilişi esa uni zöravon bilan yuzma-yuz kelişdek oğir ruhiy sinovdan asraydi. Jinoyat bolaning yaqinlari tomonidan sodir etilgan holatlarda vasiylik va homiylik organi vakilining iştiroki oila içida bola manfaatlarining qurbon qilinişiga yöl qöymaydi.
Zöravonlikdan jabrlangan yoki unga guvoh bölgan bolalarga davlat hisobidan bepul yuridik yordam körsatilişi huquqiy tenglikning amaliy ifodasidir. Çunki adolatga erişiş imkoniyati bola oilasining moliyaviy şaroitiga boğliq bölmasligi şart. Bu “bola manfaatlari ustuvorligi” tamoyilining quruq deklaratsiyadan hayotga köçişidir.
Mazkur islohot tasodifiy yoki kampaniyabozlik xarakteridagi qadam emas. U sönggi yillarda izçil şakllantirilayotgan yaxlit davlat siyosatining uzviy davomidir. 2024-yilda qabul qilingan “Bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş töğrisida”gi qonun zöravonlikning jismoniy, ruhiy va jinsiy şakllari qatoriga qarovsiz qoldiriş, ekspluatatsiya hamda bullingni qöşib, himoya orderi institutini joriy etgan edi. Keyinçalik 2026–2030-yillarga möljallangan milliy strategiya tasdiqlandi, professional tutingan oilalar xizmati yölga qöyildi.
Yangi qonun esa uşbu tizimning jinoiy-huquqiy va protsessual “qalqoni”ni mustahkamlaydi. Profilaktika, javobgarlik va reabilitatsiya uyğunlaşgan kompleks modelning yaratilişi zamonaviy jahon tajribasida eng samarali deb tan olingan yondaşuvdir.
Mazkur hujjat içki siyosat doirasidan ança keng ahamiyatga ega. Özbekiston BMTning Bola huquqlari töğrisidagi konvensiyasi iştirokçisi sifatida öz majburiyatlarini qoğozdagi deklaratsiyadan aniq huquqiy mexanizmlarga köçirmoqda. Mamlakatimizning Bogota çaqiriği taşabbusiga qöşilişi va bolalarga nisbatan zöravonlikka barham beriş böyiça Global alyansga aʼzo bölişi bu yöldagi qatʼiy tanlovimizni xalqaro hamjamiyatga yaqqol namoyiş etdi. Bola huquqlarini işonçli himoya qilayotgan davlat xalqaro reytinglar, investitsiya muhiti va diplomatik muloqotda özining “yumşoq kuç” salohiyatini izçil oşirib boraveradi.
Baʼzan bolalarni zöravonlikdan himoya qiliş ğoyasini “ğarbona qaraş” sifatida talqin qilişga urinişlar uçraydi. Bu mutlaqo asossizdir. Xalqimizning “Bola – uyning çiroği”, “Bolali uy – bozor” kabi azaliy hikmatlari, maʼrifatparvar Abdulla Avloniyning tarbiyani “yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasi” deb bilgani buni yaqqol isbotlaydi. Jadid bobolarimiz millatning kelajagi bolaning soğlom ruhi va ongli tarbiyasiga boğliq ekanini bir asr oldin teran anglagan edilar. Zöravonlik esa tarbiya emas, aksinça, u qörquv, nafrat va avloddan-avlodga ötuvçi ruhiy jarohat uruğini ekadi.
Eng mukammal qonun ham ijro mexanizmi va jamoatçilik ongi bilan qöllab-quvvatlanmasa, öz kuçini töliq namoyon eta olmaydi. Şu bois qonun qoğozda emas, onglarda işlaşi kerak. Huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarining maxsus tayyorgarligi, pedagoglar, şifokorlar va mahalla faollarining zöravonlik belgilarini erta aniqlaş könikmasi hamda har bir ota-onaning yuksak masʼuliyati, bularning barçasi yagona himoya tizimining uzviy böğinlaridir.
Jamiyatimizda hali ham “birovning oilasiga aralaşma”, “gap tarqalmasin” qabilidagi yondaşuvlar uçrab turadi. Ammo bolaga nisbatan zöravonlikni körib jim turiş – şunçaki betaraflik emas, balki öşa jinoyatga şerik bölişdir. Har bir fuqaro tegişli işonç telefonlariga murojaat qiliş, xabar beriş va bolani himoya qiliş uning nafaqat fuqarolik, balki insoniylik burçi ekanini anglaşi zarur.
Darhaqiqat, uşbu yangi qonun – Özbekistonning öz kelajagi oldidagi muqaddas vaʼdasidir. U har bir bolaga, “Sen yolğiz emassan, davlat va jamiyat sening yoningda!” degan qatʼiy va aniq kafolatni beradi.
Mahfuza YÖLDOŞEVA,
siyosiy fanlar böyiça falsafa doktori,
Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti dotsenti.
ÖzA