Toshkentda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Janubiy Koreya ekspertlar forumida chiqish qilgan Koreyaning “Chun’an’ albo” gazetasi jurnalisti Pak Xyon Ju tomonlar o‘rtasida madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash masalasiga alohida to‘xtaldi.
Ekspert so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston doimo Koreya yarim oroli va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida turli yo‘nalishlardagi aloqani rivojlantirishning tarixiy drayveri bo‘lgan. Samarqand shahridagi Afrosiyob muzeyidagi koreyalik diplomatlar tasviri tushirilgan qadimiy fresklar buning yaqqol isboti. Bu joy butun dunyodagi koreyslar uchun alohida ahamiyatgaega manzil.
O‘zbekistonning yana bir Koreyani o‘ziga jalb etuvchi jihati respublika 500 mingga yaqin kishidan iborat eng yirik Koreya diasporasi uchun Vatan hisoblanishidir.
Ayni omillar madaniyatlarimiz bir-birini to‘ldirishi, qadriyatlar transformatsiyasi va sinergiya kabi jarayonlarga zamin yaratgan. Bu tendensiya o‘zaro madaniy muloqotda alohida ahamiyat kasb etadi.
So‘zi yakunida ekspert O‘zbekiston – Koreya madaniy munosabati tajribasi misolida Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarini Koreya Respublikasi bilan madaniy almashinuvni yanada kuchaytirishga chaqirdi.
G‘.Xonnazarov, O‘zA