Jadid milliy matbuotida ajdodlar merosining yoritilishi (+video)
"Jadidlar — millat qahramonlari" loyihasining bu galgi sonida jadid milliy matbuotida ajdodlar merosining yoritilishi haqida batafsil ma’lumot beriladi.
O‘zbek matbuoti Turkiston tarixidagi jadidchilik harakati bilan juda tabiiy bog‘lanadi. Aslida jadidchilik ancha chuqur, murakkab, ziddiyatli, ayni damda, yangiliklarga, ezgu orzu-niyatlarga, amaliy faoliyatlarga to‘la bir ijtimoiy-siyosiy, adabiy-ma’rifiy harakatdir.
“Haqiqat ochib so‘zlashdadir” tamoyiliga asoslangan jadid matbuotidagi haq so‘zning, haqiqat siyoqining kundalik hayotga, odamlarga, jamiyatga ta’siri kuchli bo‘ldi. Vaqtli matbuot odamlarning ijtimoiy hayotiga faol aralashmog‘i va dunyodan boxabar bo‘lmog‘i uchun zaruratga aylandi. Boshlab gazetalar oyda bir bora bazo‘r chiqdi; asta-asta haftalik va kunlik nashrlar shiddat bilan odamlar orasiga kirib bordi; sahifalaridagi maqola va ma’lumotlar ma’naviy ehtiyoj tusini oldi.
Darahaqiqat, millat ma’naviyatini isloh etish, odamlarni ma’rifatli qilish, olamga ochiq nazar bilan boqishga o‘rgatish va lohas-mudroq tafakkurni uyg‘otishning eng asosiy omili sifatida jadid muharrirlari matbuotning qadrini baland ko‘tardi.
Batafsil:
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/9ZcPpsn3Dgs" title="Jadid milliy matbuotida ajdodlar merosining yoritilishi " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA