Bugungi kunda jadidlar asos solgan milliy matbuot XX asr boshlarida Turkistonda kechgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jarayonlar haqida ma’lumot beruvchi muhim manbalardan hisoblanadi.
XXI asr boshlarida Turkiston taraqqiyparvarlari o‘z maqsadlarini targ‘ib qilish, xalqqa milliy o‘zligini anglatish, islohotchilik g‘oyalarini yetkazish maqsadida gazeta va jurnallar tashkil qilishga kirishdilar. Ilk jadid gazetalari Buxoro taraqqiyparvarlari nomi bilan bog‘liq bo‘lib, ular "Buxoroi sharif" va uning ilovasi "Turon" ilk gazetalaridir.
"Jadidlar — millat qahramonlari" loyihasining bu galgi sonida Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Dilnoza Jamolova jadid matbuotining tarixi, faoliyati va tugatilish sabablari haqida ma’lumot beradi:
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/kko8Gi43qq8" title="Jadid matbuoti: "Buxoroi sharif" va "Turon" gazetalari" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva,
Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA