Jadidlar millat qahramonlari: Sayid Burhoniddin Nasriddinbek o‘g‘li (+video)
"Jadidlar — millat qahramonlari" loyihasining bu galgi sonida ma’rifatparvar jadidlardan biri, siyosat va jamoat arbobi — Sayid Burhoniddin Nasriddinbek o‘g‘li haqida ma’lumot beriladi.
Jadidlarning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotdagi kurashi bevosita o‘sha mustamlaka jarayonini yengish va Turkistonni ozod qilishga qaratilgan muhim voqelikni o‘zida namoyon qiladi. Har bir davrda qaysidir voqelikning o‘sha ijtimoiy ta’siri bo‘lgani kabi, jadidchilik xuddi ana shu XX asr boshlaridagi ijtimoiy hayotga nafaqat, balki o‘sha siyosiy jarayonlarga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatgan muhim voqelik hisoblanadi va bunda bir qancha namoyandalar bor. Biz ulardan o‘sha taniqlilarini bilamiz, xolos. Aslida olganda, ularning juda ko‘pchiligining nomini aytib o‘tish mumkin yoki u haqida qaysidir birlari haqida ko‘proq ma’lumotga egamiz, qaysidir birlari haqida kam ma’lumotga ega bo‘lgan jihatlarimiz bor.
Shu jihatdan aytish kerakki, jadidchilik harakati namoyandalari orasida nafaqat oddiy dehqon, hunarmanddan tortib, o‘sha boy aholining vakillarini ham ko‘rish mumkin. Shu kabi, masalan, o‘sha Xudoyorxon avlodlari, o‘sha xon avlodlaridan bo‘lgan bir qancha namoyandalar borki, bular ham jadidchilik harakatini qo‘llab-quvvatlagan, ularning faoliyatida ishtirok etgan va o‘zining o‘sha samarali mehnati bilan tarixda iz qoldirgan. Faqat mana bugun asta-sekinlik bilan yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalangan holatda o‘sha jadidchilik harakati ham ularning tarixiga oid yangi manbalarni o‘rganish orqali bilib bormoqdamiz.
Shulardan birini aytish kerakki, masalan, ana shu Xudoyorxon avlodlaridan, Hanzurullohbek, Temurbek kabi yirik namoyandalar qatorida, Xudoyorxonning o‘g‘li Nasriddinbekning farzandi bo‘lgan Sayid Burhoniddinbek ham bevosita ana shu jadidchilik harakati namoyandalaridan biri sifatida tilga olishimiz mumkin. Uning faoliyatiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, aynan o‘sha Turkiston muxtoriyati davridagi faoliyati juda serqirra va ko‘zga tashlanarli holatni namoyon qiladi deyishimiz mumkin.
Sayid Burhoniddinbekning hayot faoliyatiga e’tibor beradigan bo‘lsak, u 1881-yilda Toshkentning Shayxontohur dahasida Asadullabek xonadonida tug‘ilgan, ya’ni bu o‘sha Nasriddinbekning ayolining otasi, ya’ni ona tomonidan bobosi hisoblanadi. Uning uyida tavallud topadi va ana shu yerda dastlabki hayot yo‘lini boshlaydi.
Uning faoliyati o‘sha davrda 1910-yillardan keyingi jarayonda jadidchilik harakatida ishtirok etadi, yangi maktablar ochilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Ular nafaqat moliyaviy jihatdan, qolaversa, o‘sha jadid ziyolilarining amaliy harakatlarida birgalikda ishtirok etadi. 1916-1917-yillardagi o‘sha siyosiy bosqichga o‘tish jarayoni jadidchilikni, Saidburhoniddinbekka ham ta’sir ko‘rsatadi va o‘sha xalqning manfaatlari tomonida kurash olib boradi. Fevral inqilobida hamda o‘sha oktabr voqealaridan keyin Saidburhoniddinbek o‘zining o‘sha bobo yurti bo‘lgan Qo‘qon shahriga qaytadi va o‘sha davrda mehnatkashlar, ya’ni xalqning oddiy qatlamini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ittifoq jamiyati tashkil etilayotgan edi. Bu jarayon juda ko‘p manbalarda keltiriladi. Masalan, bunaqa ittifoq jamiyati nafaqat Toshkentda, Samarqandda yoki o‘sha Farg‘onada, Qo‘qonda ham xuddi mana shunday musulmon ittifoq jamiyatlari tashkil etila boshlagandi va ana shuning tashabbuskori sifatida o‘sha Qo‘qonda Saidburhoniddinbek yetakchilik qiladi. 1917-yilda rais sifatida faoliyatini olib boradi.
Ana shu jarayonlarda nafaqat o‘lkamizda o‘sha dastlabki demokratik hukumat bo‘lgan Turkiston Muxtoriyati – Qo‘qon shahrida birinchi tashkil etilgan davrlarda Saidburhoniddinbek ham bevosita o‘sha Qo‘qon shahrida bo‘lgan edi va ana shu Turkiston Muxtoriyatining targ‘ibot ishlarida qo‘llab-quvvatlaydi, ular kechgan siyosiy, iqtisodiy jarayonlarda bevosita ishtirok etadi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/4Z3PSmmorwE" title="Jadidlar millat qahramonlari: Sayid Burhoniddin Nasriddinbek o`g`li" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA