Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga 2025/2026 o‘quv yili uchun qabul imtihonlari boshlandi.

Ma’lumki, 2025/2026 o‘quv yili uchun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi, 2 ta sport maktabi, 204 ta ixtisoslashtirilgan maktablar hamda Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktabiga hujjatlar qabul qilindi.

Agentlikda o‘quvchilar qabuli jarayoni monitoringini yuritish hamda muvofiqlashtirish uchun malakali mutaxassislardan iborat shtab tashkil etildi. 

Hujjatlarini onlayn shaklda qabul qilish, shuningdek, o‘quvchilar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish uchun faoliyat yuritgan Murojaatlar markazi Agentlik tizimidagi barcha maktablarda har kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha ishlashi ta’minlandi. Qolaversa, murojaatchilarning savollariga javob berish uchun 1206 qisqa raqamli call-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, joriy yildan boshlab doimiy ravishda murojaatchilarning savollariga javob berish uchun maxsus telegram chatbot ham ishga tushirildi.

[gallery-24244]

2025/2026 o‘quv yili uchun mazkur maktablarga hujjatlar qabuli iyun oyida onlayn shaklda my.gov.uz yoki ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshirildi. Kelib tushgan jami 255 613 ta hujjatning 49 924 tasi Prezident maktablariga, 4 740 tasi ijod maktablariga, 582 tasi sport maktablariga, 137 870 tasi ixtisoslashtirilgan maktablarga, 62 497 tasi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga to‘g‘ri keldi. 

Prezident maktablarining 5-sinfiga belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida 336 nafar, ijod maktablarining 7-sinfiga 440 nafar hamda ixtisoslashtirilgan maktablariga 13 mingdan ortiq o‘quvchi qabul qilinadi. Zaruratga ko‘ra, mazkur qabul kvotalariga Agentlik tomonidan o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

4-sinfni tamomlagan o‘quvchilar bir vaqtning o‘zida hududidagi Prezident maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab va Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 5-sinfiga alohida hujjat topshirish imkonidan foydalandi. 6-sinfni tamomlagan o‘quvchilar esa hududidagi ixtisoslashtirilgan maktabning tabiiy fanlar yo‘nalishiga, Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek yoki Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinfiga ham alohida hujjat topshirdi. 

Joriy yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning filiallari soni 8 taga yetdi. Jumladan, Nukus, Andijon, Buxoro, Farg‘ona, Guliston, Jizzax, Samarqand hamda Urganch shaharlarida mazkur maktab filiallari tashkil etildi. Bu kabi maktablar kelgusi yillarda bosqichma-bosqich barcha hududlarda tashkil etilishi ko‘zda tutilgan. Qolaversa, Toshkent viloyatining Chinoz tumanida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filialining yo‘lga qo‘yilgani ham quvonarli. Kelgusida ushbu maktabning ham barcha hududlarda filiallari bosqichma bosqich tashkil etiladi. 

Shuningdek, Andijon viloyatining Buloqboshi, Jalaquduq, Paxtaobod; Qashqadaryo viloyatining G‘uzor, Samarqand viloyatining Bulung‘ur, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq; Xorazm viloyatining Gurlan, Urganch, Bog‘ot tumanlari, Farg‘ona viloyatining Farg‘ona va Quvasoy tuman va shaharlarida ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyat boshladi. 

Shu bilan birga, poytaxtda Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab ham ishga tushish arafasida. 

Agentlik tizimidagi maktablarga kirish imtihonlari avgust oyiga qadar davom etadi. 

Imtihonlar o‘tkaziladigan kun, manzil va vaqtlari Agentlikning rasmiy sahifalarida e’lon qilib boriladi. 

Kamola Yusupova, Nosirjon Haydarov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda o‘qish istagidagi talabgorlarning bilimi sinovdan o‘tmoqda