Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali Ibn Sino hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari har yilgidan farqli ravishda o‘z hududlarida – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tmoqda.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida bugungi kunda 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi hamda 182 ta ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyat ko‘rsatmoqda. Joriy yil hududlarda yana 3 ta ixtisoslashtirilgan maktab hamda 3 ta tayanch ixtisoslashtirilgan maktabi yangi ochildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 27 maydagi “Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga o‘quvchilarni saralab olish hamda qabul qilish tartibiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasi majlisi bayoni asosida Agentlik tizimidagi maktablarga o‘quvchilar qabuli amalga oshirilmoqda.  

Aytish kerakki, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga 2024/2025 o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1 iyundan – 20 iyunga qadar faqat onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirildi.  

Agentlik tizimidagi Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari  asosan katta sig‘imli 56 ta yopiq binolarda o‘tkazilishi belgilangan.  

[gallery-18186]

2024/2025-o‘quv yili uchun Agentlik tizimidagi maktablarga jami 244  ming 378 ta ariza kelib tushgan. Shundan, Prezident maktablariga 62 ming 62 ta, ijod maktablariga 5 ming 512 ta, tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga 42  ming 785 ta, ixtisoslashtirilgan maktablarga 134 ming 19 ta. Prezident maktablariga qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha bitta o‘ringa o‘rtacha 185 ta hujjat to‘g‘ri kelmoqda.  

Bunda bir o‘ringa qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Farg‘ona viloyatiga – 293 ta, Andijon viloyatiga – 285 ta, Samarqand viloyatiga – 249 ta, Namangan viloyatiga – 225 ta hamda eng past ko‘rsatkich Sirdaryo viloyati – 99 ta hamda Navoiy viloyati – 81 ta hujjat to‘g‘ri keldi. 

Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Farg‘ona viloyatiga – 17 ming  815 ta, Samarqand viloyatiga – 13  ming 125 ta, Andijon viloyatiga – 12 ming 904 ta hamda eng past ko‘rsatkich Navoiy viloyatiga – 2 ming 987 ta, Toshkent shahriga – 3  ming 626 ta, Sirdaryo viloyati – 5 ming 645 ta hujjat qabul qilingan. Tayanch ixtisoslashtirilgan maktablariga jami 42 ming 785 ta hujjat kelgan.  

179 ta ixtisoslashtirilgan maktabning 5-sinfiga 5 ming 520 nafar, 7-sinfiga 2 ming 208 nafar, shu jumladan, Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga 120 nafar, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga 40 nafar, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga 120 nafar o‘quvchi qabul qilinadi.  

Agentlik tizimidagi barcha maktablarga kirish imtihonlarini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha viloyat hokimliklari, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Tez tibbiy yordam, Xavfsiz shahar markazi hamda Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan hamkorlikda tayyorgarlik ishlari olib borildi.  

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga 5-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq (shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan), ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.  

Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga 7-sinflar uchun tabiiy fandan 30 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.  

Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga 7-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq (shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan), ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.  

N.Usmonova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari o‘tkazilmoqda