FOTOREPORTAJ
Bilim va malakalarni baholash agentligining Buxoro viloyati hududiy bo‘limi binosida viloyatdagi mavjud ixtisoslashtirilgan maktablarning 5-sinfi uchun aniq fanlar bo‘yicha kirish imtihonlari o‘tkazilmoqda.
[gallery-24240]
Mazkur jarayonda ariza topshirgan 2819 nafar o‘quvchi o‘z bilimini sinovdan o‘tkazadi. Test jarayonlari 3 smenada tashkil etilishi belgilangan.
Ota-onalar maxsus salqin joylarda test2025.uz sayti orqali farzandlarining imtihon jarayonlaridagi ishtirokini onlayn kuzatib turish imkoniga ega bo‘lgani ham e’tiborli.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA