FOTOREPORTAJ

Avval xabar berganimizdek, “ITF W15 Tashkent - 2025” xalqaro ayollar tennis turnirida juftliklar bo‘yicha final bahsi bo‘lib o‘tdi.

Kecha markaziy kortda yakkalik bahslarining yarim final uchrashuvlari hamda juftlik bahslarining finali bo‘ldi. Sportchilar finalga chiqish va turnirning bosh sovriniga ega bo‘lish uchun bor mahoratini ishga solishdi.

Yakkalik bahslarida  Belarus vakili Darya Xomutyanskaya va Darya Egorova  bugun “ITF W15 Tashkent-2025”  chempioni unvoni uchun hal qiluvchi bahsda kuch sinashadi.

Juftlik bahslarida g‘alaba belaruslik duet — Darya Xomutyanskaya va Kseniya Yershga nasib etdi. Ular finalda Asiljan Aristanbekova va Ingkar Dussembay duetini 6–3, 2–6, [10–8] hisobida mag‘lub etdi.

[gallery-25927]

“ITF W15 Tashkent-2025” turniri  dunyoning turli davlatlaridan professional tennischilarni birlashtirdi. Musobaqa O‘zbekistonda ayollar tennisini rivojlantirish bo‘yicha muhim loyihalardan biri bo‘lib, yosh sportchilarga xalqaro tajriba va ITF reyting ochkolarini qo‘lga kiritish imkonini bermoqda.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“ITF W15 Tashkent - 2025” tennis turnirida juftliklar bo‘yicha g‘oliblar aniq bo‘ldi