Tennisçilarimiz Xitoyda ötkazilgan WTA 250 turkumidagi musobaqaning juftlik bahslarida çempionlikni qölga kiritdi
Xitoyning Guançjou şahrida ötkazilgan “Guangzhou Open” xalqaro turnirida Polina Kudermetova va Mariya Timofeyeva juftlik bahslarida boş sovringa sazovor böldi.
Hal qiluvçi final uçraşuvida hamyurtlarimiz Xitoy Taypeyi vakilalari I-Xsuan Ço va I-Tsen Ço juftligiga qarşi kortga çiqdi. Qiziqarli va murosasiz keçgan bahsda tennisçilarimiz 7:5, 7:6 (1) hisobida ğalaba qozonib, turnir çempioniga aylandi.
Şu tariqa, Polina Kudermetova va Mariya Timofeyeva xalqaro kortlardagi muvaffaqiyatlariga yana bir nufuzli sovrinni qöşib qöydi.
Ğalaba evaziga Polina Kudermetova va Mariya Timofeyeva juftligi 13 ming 600 AQŞ dollari miqdorida mukofot puli hamda har biri öz reytingiga 250 oçkodan qöşib oldi.
Javohir Toşxöjayev, ÖzA