Poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasi tennis kortlarida O‘zbekiston tennis federatsiyasi hamda Xalqaro tennis federatsiyaisi (ITF) hamkorligida tashkil etilgan “ITF W15” xalqaro turnirning yakkalik bahslarida yarim final uchrashuvlari hamda juftlik bahslarining final o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Yakkalik bahslarida Belarus vakili Darya Xomutyanskaya litvalik Litma Vladsonni 6:4, 4:6, 6:2 hisobida yenggan bo‘lsa, belaruslik Darya Yegorova va xitoylik Xi Lou to‘qnashuvi 6:1, 6:4 hisobida yakunlandi. Shu tariqa, ikki belaruslik tennischi xalqrao turnir finalida o‘zaro raqobatlashadigan bo‘ldi.  

Juftlik bahslarida beloruslik Darya Xomutyanskaya va Kseniya Yersh tandemi qozog‘istonlik Asiljan Aristanbekova va Ingkar Dussembay duetini 6:3, 2:6, 10:8 hisobi bilan mag‘lub etdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Toshkentda “ITF W15” xalqaro turnirida ilk g‘oliblar aniqlandi