Qashqadaryo viloyatidagi Shahrisabz davlat pedagogika instituti xalqaro hamkorlik bo‘limi hamda xorijiy til nazariyasi kafedrasi hamkorligida “Ingliz tilini o‘qitish, o‘rganish va ilmiy izlanishlarni amalga oshirish” mavzusida ilmiy-uslubiy anjuman tashkil etildi.

Professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan ingliz tilini o‘qitishda xalqaro tajriba, dars jarayonida yangi metodlardan foydalanish hamda o‘qituvchilarda zamonaviy o‘qitish ko‘nikmalarini rivojlantirish mavzularida ma’ruzalar o‘qildi. Kunning ikkinchi yarmida xorijlik mutaxassislar US Fellow dasturi vakillari tomonidan seminar-treninglar o‘tkazildi. Seminar treninglar davomida ta’lim jarayonini yanada samarali, qiziqarli tashkil etish uchun zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish, o‘quvchilarning yoshi, bilim darajasi hattoki shaxsiyatidan kelib chiqib vazifalarni tanlash va zamonaviy interfaol o‘yinlar bilan mavzuni mustahkamlash borasida mahorat darslari tashkil etildi.

– Biz bilamizki, hozirgi ta’lim jarayonida o‘quvchi erkin bo‘lishi lozim, – deydi Adam Jones. – Bunda ko‘proq interfaol metodlarga e’tiborni qaratish ta’lim samaradorligini oshiradi. Ingliz tili darslarida muhim bo‘lgan talablardan biri bu o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishdir. Shu sababli dars o‘tish jarayonida Amerika tajribasiga tayangan holda muammoli vaziyatlar yechimi (problem solving), chigil yozdi (warm up activity), rolli o‘yinlar (role play), rasmlar so‘zlaganda (when pictures speak) kabi metodlar ham o‘qituvchi, ham o‘quvchi o‘rtasida hamkorlikni yuzaga chiqaradi. 

Shuningdek, anjumanda ishtirokchilar ingliz tili darslarida innovatsion usullardan foydalanish o‘quvchilarning til o‘rganish ko‘nikmalarini rivojlantirishda, mantiqiy fikrlashini oshirishda samarali natijalar berishi haqida tushunchalarga ega bo‘ldi. 

O‘lmas Barotov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ingliz tilini o‘rganishda xorijiy tajriba