Keyingi yillarda Andijon viloyatida turizm, xususan, ichki turizmni rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Buning natijasida o‘tgan 2024 yil davomida viloyatga 500 ming nafarga yaqin xorijiy, 1 million 650 ming nafardan ziyod mahalliy sayyohlar tashrif buyurdi.

Turizm ob’ektlari infratuzilmasini rivojlantirish, turistlarga shart-sharoitlar yaratish maqsadida viloyatdagi eng ko‘p sayyohlar tashrif buyuradigan tarixiy va diqqatga sazovor maskanlar to‘liq xatlovdan o‘tkazildi. Qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi, turistlar va ziyoratchilar uchun zarur qulayliklar yaratildi.  

Yurtimizning eng chekka hududlaridan biri, Qirg‘iziston Respublikasi bilan chegaradosh Xo‘jaobod tumanining tog‘li hududida joylashgan Toshota – xalq orasida Imomota qishlog‘i deb ataladigan mahallasi ham turizm yildan-yilga rivojlanib borayotgan hududlardan biridir.  

Mahalla hududida bir vaqtning o‘zida mingga yaqin sayyoh va ziyoratchiga xizmat ko‘rsatadigan 70 dan ortiq mehmon uylari qurilib, foydalanishga topshirildi. Hududdagi ikki tog‘ cho‘qqisi o‘rtasiga osma yo‘l – ko‘prik qurildi. Yangi-yangi attraksionlar o‘rnatildi, maxsus golf-karalar keltirildi, o‘nlab savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari ishga tushirildi. Natijada 2024 yilda mazkur hududga 16 ming nafardan ziyod xorijiy, 81 ming nafar mahalliy sayyohlar tashrifi kuzatildi. Joriy yilda hududga keluvchi xorijiy va mahalliy sayyohlar sonini 2,5 barobarga oshirish ko‘zda tutilgan.

Minglab turist va ziyoratchilar kelib dam oladigan ushbu hudud “Turizm qishlog‘i” maqomini olganligi munosabati bilan qator tadbirlar o‘tkazildi.  

Dastlab mehmonlar, ziyoratchilar, faxriylar mahallaga kirish hududidagi darvoza oldida karnay-surnay sadolari ostida non-tuz, turli noz-ne’matlar bilan kutib olindi.  

Mehmonlar tadbirkor Valijon Yoqubov tomonidan barpo etilib, endigina ish boshlagan mehmon-uyda bo‘lib, bu yerda ziyoratchilar, dam oluvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.  

– Mehmon uyda dam oluvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan, - deydi tadbirkor. V.Yoqubov. – Basseyn, yozgi, qishki oshxona, mehmonxona, dam olish xonasi, qo‘yingki, ko‘ngilli hordiq chiqarish uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

“Imom ota” ziyoratgohi markazida ya’ni, qabr-maqbara oldidagi maydonda viloyatdagi turistik firmalar ishtirokida “Ichki turizm yarmarkasi” o‘tkazildi. Yarmarkada viloyatdagi 20 dan ortiq turistik firmalar o‘z faoliyatlariga oid ko‘rgazmalarni namoyish etdi.

– Imom otaga turizm qishlog‘i maqomi berilganligi bu yerga keluvchilar sonining ortishiga, pirovardida viloyatimizda ichki turizmni yanada rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi, - deydi “Mandarin Tour” turistik firmasi boshqaruvchisi Azizbek Quchqorov. – Turistlar tashrifini ortishi, albatta, ularga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yuksaltirishni taqozo etadi. Bu borada turistik firmalar, xususan, bizning firmamiz tomonidan ham zarur ishlar olib borilmoqda.  

Hududda hunarmand va musavvirlar tomonidan tashkil etilgan hunarmandchilik mahsulotlari hamda tasviriy san’at asarlari ko‘rgazmalari ham barchada katta qiziqish uyg‘otdi.  

Shundan so‘ng Imomotaga turizm qishlog‘i maqomi berilganligi to‘g‘risidagi sertifikatni topshirishga bag‘ishlangan marosim o‘tkazildi. Tadbirda so‘z olgan Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Davronbek Sattorov, Xo‘jaobod tuman hokimi Jamshid Bozorboyev ushbu e’tirof bilan barcha xo‘jaobodliklarni, mahalla ahlini muborakbod etdi.  

O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi maslahatchisi Feruz Dodiyev ana shu sertifikatni tuman hokimiga tantanali ravishda topshirdi.  

Turizmni yanada rivojlantirish, mavjud muammolarni bartaraf etish, xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi maslahatchisi ishtirokida tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarish masalalari atroflicha muhokama qilindi.  

[gallery-23577]

Tadbirlar doirasida viloyat madaniyat boshqarmasi, tuman madaniyat bo‘limi san’atkorlari tomonidan namoyish etilgan badiiy dasturlar, sportchilarning, jajji bolajonlarning ko‘rgazmali chiqishlari barchaga xush va ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.  

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/CPm5bksaSNo?si=6zM5k6frpivb0BDu" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

F.Ubaydullayev,

Z.Umrzoqov (surat), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Imomota turizm qishlog‘i maqomini oldi