Ilmu fanga baxshida umr (+video)
Rustam Sulaymonov hayotini ilmu fanga, arxeologiya va tarixning chuqur sirlarini o‘rganishga bag‘ishlagan olim. Uning ilmiy izlanishlari O‘zbekiston tarixining eng qadimgi davrlarini qamrab oladi.
Ilmiy faoliyati davomida u ko‘plab yodgorliklarda tadqiqot ishlarini olib bordi. Paleolit davriga oid Obirahmat g‘ori, qadimgi Naxshab vohasining poytaxti bo‘lgan Yerqo‘rg‘on shahar xarobalaridagi ilmiy izlanishlari O‘zbekiston va butun O‘rta Osiyo tarixini o‘rganishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Bugun ushbu olim 85 yoshda bo‘lsa-da, hamon izlanishda. Yer qa’riga ko‘milgan ming yillik tarixni o‘rganish, shogirdlariga to‘plagan bilim va tajribalarini o‘rgatish bilan mashg‘ul.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/lVRLiHZGemk" title="Ilmu fanga baxshida umr" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Milliy arxeologiya markazi bosh ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor Rustam Sulaymonovning 85-yillik yubileyiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “O‘rta Osiyo moddiy madaniyati tarixi” mavzusidagi xalqaro anjumanda olimning hamkasblari mehribon va talabchan ustoz sifatida e’tirof etishdi.
Ushbu anjumanda Rossiya, Polsha, Xitoy, Fransiya, Qirg‘iziston, Birlashgan Arab Amirliklari kabi ko‘plab xorijiy mamlakatlar olimlari ishtirok etdi. Xalqaro anjuman doirasida O‘rta Osiyo arxeologiyasining turli davr va muammolari, moddiy madaniyati tarixi masalalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar tinglandi.
Nigora Rahmonova, Doniyor Yoqubov, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA