Ijodkor yoshlar asarlari e’tirof etildi (+video)
Farg‘onada "Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali haftaligi" doirasida ishtirokchilar va tadbir mehmonlari Farg‘ona davlat unversitetiga tashrif buyurishdi.
Tadbir oliy ta’lim muassasasining “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo‘nalishi talabalarining O‘zbekiston davlat madhiyasini jo‘r ovozda ijro etishlari bilan boshlandi. So‘ngra o‘quvchi yoshlar va universitet yosh ijodkorlari tomonidan “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”ga bag‘ishlangan "Ranglardagi sehrli olam" mavzuidagi ijodiy asarlar ko‘rgazmasining ochilish tantanasi bo‘lib o‘tdi.


Ko‘rgazma bilan tanishuv san’atga oshufta farg‘onalik yoshlarning yuksak iste’dodi, ijodkorlik qobiliyati va o‘ziga xos mahoratini amalda namoyon etdi.


Tadbirda so‘z olgan O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, taniqli kulol Nazira Qo‘ziyeva, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi Farg‘ona viloyat bo‘limi raisi Lyubov Semizorova, san’atshunos olim Malika Boltayeva universitet rektorati festivalga katta tayyorgarlik ko‘rganini e’tirof etish barobarida, yosh san’at ixlosmandlarining ijodiy ishlariga yuqori baho berdilar.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/mxee-lTjDf8" title="Ijodkor yoshlar asarlari e’tirof etildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Elyor Olimov, O‘zA.