Farg‘onada yosh ijodkorlar ko‘rik-tanlovi (+video)
Farg‘ona viloyat madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi 1-bolalar musiqa va san’at maktabida "Xalqaro tasviriy va amaliy san’at festivali haftaligi" hamda "Ijod maskani" tadbirlari doirasida tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda viloyatdagi musiqa va san’at maktablarida ta’lim olayotgan 84 nafar yosh ijodkor qatnashdi. Tasviriy san’at yo‘nalishi ishtirokchilari oldindan tayyorlangan natyurmort asosida o‘z iste’dodlarini namoyish etgan bo‘lsalar, amaliy san’at o‘quvchilari o‘zlari taqdim etgan ijod namunasiga mos asarni belgilangan muddatda yaratishga harakat qildilar.



Tadbir yakuni bo‘yicha 4 nafar o‘quvchi Gran-piri va birinchi o‘ringa loyiq deb topildi, 8 nafar yosh qalam sohiblari 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi, 12 nafar ishtirokchi esa 3-o‘rinni egalladi. Tanlov g‘oliblari va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.


Hakamlar hay’ati raisi, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, taniqli kulol Nazira Qo‘ziyeva san’atga oshufta o‘quvchilar ijodiy asarlarini yuqori baholadi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/XUWAPT9b_DQ" title="Farg‘onada yosh ijodkorlar ko‘rik-tanlovi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Elyor Olimov, O‘zA