«Huquqiy tarbiya soati» taşkil etildi
Qonunni bilmaslik insonni masʼuliyatdan ozod etmaydi. Baʼzan birgina öylamay aytilgan söz, ijtimoiy tarmoqda qoldirilgan izoh yoki notöğri qabul qilingan qaror yoş insonning kelajagiga taʼsir körsatişi mumkin. Toşkent harbiy okrugi tasarrufidagi Mirzaobod tumanida joylaşgan Safarbarlik çaqiruv rezervi batalonida taşkil etilgan «Huquqiy tarbiya soati» ham aynan şu masalaga qaratildi.
Guliston harbiy prokuraturasi, Özbekiston yoşlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengaşi hamda Mudofaa vazirligi Jamoatçilik kengaşi hamkorligida ötkazilgan tadbirda Mirzaobod tumanidagi 3-son umumiy örta taʼlim maktabi negizida faoliyat yuritayotgan «Jasorat maktabi» öquvçilari, tuman yoşlari va yoş harbiy xizmatçilar iştirok etişdi.

Muloqotda yoşlarning huquqiy savodxonligini oşiriş, qonun ustuvorligi tamoyillarini tarğib etiş, huquqbuzarliklarning oldini oliş hamda ularda yuksak huquqiy madaniyatni şakllantiriş masalalariga eʼtibor qaratildi.

Bugungi kunda yoşlar hayotini internet, ijtimoiy tarmoqlar va raqamli texnologiyalarsiz tasavvur etiş qiyin. Biroq virtual olamdagi har bir harakat ham muayyan huquqiy oqibatlarga ega. Birovning şaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazuvçi xabar tarqatiş, haqoratli izoh qoldiriş, şaxsiy maʼlumotlarni ruxsatsiz eʼlon qiliş yoki şubhali takliflarga işoniş kutilmagan muammolarga sabab bölişi mumkin. Şu bois yoşlar nafaqat öz huquqlarini, balki zimmalaridagi majburiyatlarni ham yaxşi bilişi zarur.

Guliston harbiy prokuraturasi vakillari uçraşuv davomida amaldagi qonunçilik talablari, yoşlar örtasida uçraşi mumkin bölgan huquqbuzarliklar, ularning kelib çiqiş omillari va huquqiy oqibatlari haqida maʼlumot berdi. Qonunga zid xatti-harakatlarning oldini oliş, muammoli vaziyatlarda töğri qaror qabul qiliş hamda huquqiy yordamdan foydalaniş yuzasidan tavsiyalar bildirildi.
Tadbirning yana bir muhim jihati şundaki, yoşlar huquqiy bilimlar bilan bir qatorda hayotiy tajriba va maslahatlarga ham ega böldi.

— Yoşlar tarbiyasi va kamolatida bu kabi tadbirlarning ahamiyati katta. Har bir maʼrifiy uçraşuvda kasbiy faoliyatimiz va hayotiy tajribamizdan kelib çiqib, ularga öz maslahatlarimizni berib kelmoqdamiz. Bu, albatta, katta hayotga qadam qöyayotgan yoşlar uçun dasturilamal bölib xizmat qiladi. Çunki bir vaqtlar biz ham yoş bölganmiz. Ustozlarimiz va yaqinlarimizning maslahatlari hayotda öz örnimizni topişimizga, bugungi kunlarga yetib kelişimizga yordam bergan.
Hozirgi yoşlar esa bizdan-da baxtli bölişi kerak. Öqib-örganiş, yurt ravnaqi va tinçligi yölida xizmat qilişni maqsad qilgan yoşlar uçun barça şaroit va imkoniyatlar mavjud. Bundan quvoniş, berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalaniş lozim. «Huquqiy tarbiya soati»da nafaqat bosib ötgan yölimiz, balki ertangi kun va kelajakdagi maqsadlar haqida ham fikrlarimiz, maslahat va tavsiyalarimiz bilan örtoqlaşdik, — deydi Mudofaa işlari boşqarmasi Faxriylar kengaşi raisi, isteʼfodagi mayor Burxon Abdualimov.
Uçraşuv davomida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi, huquqiy mavzularda fikr almaşdi. Bunday oçiq muloqotlar yoşlarning öz huquq va burçlarini anglaşi, qonunga hurmat bilan munosabatda bölişi, şuningdek, har qanday vaziyatda masʼuliyatli qaror qabul qilişiga kömaklaşadi.

— Özbekiston yoşlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengaşi tomonidan yoşlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltiriş, ularni turli salbiy illatlar va huquqbuzarliklardan asraş, vatanparvarlik va qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalaşga qaratilgan tarğibot-taşviqot işlari izçil davom ettirilmoqda. Bu borada Guliston harbiy prokuraturasi bilan yölga qöyilgan hamkorlik yoşlar bilan manzilli işlaş, ularning huquqiy bilimlarini mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etmoqda, — dedi Özbekiston yoşlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengaşi harbiy bölimi boşliği Furqatjon Azimov.
Binobarin, huquqiy tarbiya bir kunlik tadbir bilan çeklanmaydi. U oilada, taʼlim muassasasida, jamoada va kundalik hayotda davom etadigan jarayondir. Qonunni bilgan, öz huquqlarini himoya qila oladigan va boşqalarning huquqlarini hurmat qiladigan yoşlar jamiyatning işonçli tayançi, yurt kelajagining masʼuliyatli bunyodkorlari bölib kamol topadi.Bu esa «Huquqiy tarbiya soati»ning asosiy maqsadi böldi.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri