«Ğamxörlik» – mehr va eʼtibor maskani
Sirdaryo tumanida ijtimoiy kömak va doimiy parvarişga muhtoj fuqarolar uçun «Ğamxörlik» markazi faoliyati yölga qöyildi. Ayni paytda muassasaga 10 nafar parvarişlanuvçi joylaştirilgan. Markazda ularning munosib hayot keçirişi, salomatligini asraş, kundalik ehtiyojlarini taʼminlaş hamda ruhiy qöllab-quvvatlaş uçun zarur şaroitlar yaratilgan.
Ahamiyatli tomoni, bu yerda har bir fuqaroning ehtiyoji va holatidan kelib çiqib, tibbiy-ijtimoiy hamda ruhiy yordam körsatişga alohida eʼtibor qaratiladi.

Markazning oçilişiga bağişlangan tadbirida Sirdaryo tumani hokimi Azizbek Turdimurodov, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Sirdaryo viloyat boşqarmasi boşliği Quvonçbek Hamdamov, nuroniylar va mahalla faollari iştirok etdi. Mehmonlar muassasada yaratilgan şaroitlar bilan tanişib, parvarişlanuvçilar uçun taşkil etilgan imkoniyatlarni közdan keçirdi.

Tadbirda insonning huquq va qonuniy manfaatlarini taʼminlaş, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga individual yondaşiş, ularning salomatligi va ruhiy holatiga eʼtibor qaratiş muhimligi qayd etildi.

Bunday markazlar faoliyatining mohiyati ijtimoiy yordam körsatişdan köra kengroq mazmun kasb etadi. Ular doimiy parvarişga muhtoj insonlar uçun samimiy munosabat, ruhiy qöllab-quvvatlaş va özaro muloqot imkoniyatini yaratadi. Natijada inson özini yolğiz his etmaydi, jamiyat hayotidagi örni va qadrini anglaydi, uning ehtiyojlari hamda manfaatlari eʼtibordan çetda qolmasligiga işonç hosil qiladi.

Sirdaryo tumanida yangi markaz faoliyatining yölga qöyilişi hududda ijtimoiy himoya tizimini kengaytiriş, ehtiyojmand fuqarolarni qöllab-quvvatlaş va ular uçun munosib turmuş şaroitlarini yaratiş borasidagi amaliy işlardan biri böldi.
Ğulom Primov,
ÖzA muxbiri