Ayrim mahallalarda yölovçilar kamligi avtobusga ehtiyoj yöqligini anglatmaydi
26-noyabr — Butunjahon barqaror transport kuni
Kundalik xizmat faoliyatimiz taqozosi bilan köp vaqtimiz yölda ötadi. Gohida metro, baʼzan avtobus, şoşilinç hollarda esa köpinça taksi xizmatidan foydalanamiz. Tabiiyki, şahar köçalarida avtotransport vositalari oqimining tobora ortib borayotganiga har kuni guvoh bölamiz. Bu esa jamoat transportining qulayligi, harakat xavfsizligi va tirbandliklarni kamaytiriş masalalarini yanada dolzarblaştiradi.
Bugungi sana munosabati bilan uşbu mavzuda Barqaror rivojlaniş markazi boş mutaxassisi Alişer Azizov bilan suhbatlaşdik.
– Bugun şaharlarda jamoat transportini rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yangi avtobuslar xarid qilinmoqda, metro tarmoqlari kengaymoqda, yölovçilar oqimi ortmoqda. Transport tizimi rivojlanganini faqat şu körsatkiçlar bilan baholaş mumkinmi?
– Transport tizimining samaradorligini faqat avtobuslar soni yoki yölovçilar oqimi bilan ölçaş töğri emas. Albatta, bu körsatkiçlar sohadagi özgarişlarni aks ettiradi. Biroq eng muhim mezon — transport xizmatlari inson hayotini qançalik yengillaştirayotgani.
Masalan, fuqaro işiga yoki öqiş joyiga qança vaqtda yetib boryapti? Avtobusni qança vaqt kutayapti? Bir transport vositasidan boşqasiga ötiş qançalik qulay? Yöl haqi oila byudjetiga qançalik mos? Ana şu savollarga javob transport tizimining haqiqiy samaradorligini körsatadi.
Şu bois jamoat transportini rivojlantirişning keyingi bosqiçida miqdoriy körsatkiçlar bilan bir qatorda xizmat sifati, muntazamligi va aholining qoniqiş darajasini baholaşga ham alohida eʼtibor qaratiş zarur.
– Özbekistonda sönggi yillarda jamoat transporti sohasida sezilarli özgarişlar kuzatildi. Poytaxt va viloyat markazlariga köplab yangi avtobus va elektrobuslar olib kelindi. Endigi asosiy vazifa nimadan iborat, deb öylaysiz?
– Jamoat transporti xizmatlari kölami tobora kengayib bormoqda. Endi asosiy vazifa mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş va xizmatlar sifatini oşirişdan iborat.
Masalan, avtobuslar soni yetarli bölsa-da, ularning harakat jadvaliga rioya etilmasligi yölovçilar uçun noqulaylik tuğdiradi. Bir avtobusning keçikişi keyingi qatnovlar oraliğidagi muvozanatni buzişi mumkin.
Bu borada elektron tölovlar va GPS maʼlumotlarini birgalikda tahlil qiliş muhim. Uşbu maʼlumotlar orqali yölovçilar oqimi yuqori bölgan yönalişlarni, avtobuslar yetişmayotgan hududlarni va keçikişlar sabablarini aniqlaş mumkin. Natijada mavjud transport vositalarini ehtiyojga qarab oqilona taqsimlaş imkoniyati paydo böladi.
– Toşkent şahrida tirbandlik va gavjum vaqtlarda jamoat transportining tiğizligi aholi uçun dolzarb muammolardan biri bölib qolmoqda. Bu borada xorijiy davlatlar tajribasidan qanday foydalaniş mumkin?
– Bu masalada Janubiy Koreyaning Seul şahri tajribasi eʼtiborga molik. U yerda metro yönalişlaridagi yölovçilar oqimi bekatlar va vaqt kesimida tahlil qilinib, eng gavjum yönalişlarda qöşimça qatnovlar taşkil etilgan.
Masalan, Seul metropolitenining 4-yönalişida poyezdlarning eng yuqori bandlik darajasi 2023-yildagi 190,4 foizdan 2025-yil oxirida 143,6 foizga pasaygan.
Toşkent metropolitenida ham şunday yondaşuvni qöllaş mumkin. Yaʼni, poyezdlar harakat oraliğini faqat belgilangan jadval asosida emas, balki yölovçilar oqimi va bandlik darajasini hisobga olgan holda belgilaş maqsadga muvofiq. Bu yölovçilarning kutiş vaqtini qisqartiriş va tiğizlikni kamaytirişga xizmat qiladi.
– Köpinça jamoat transportidan foydalanuvçilar soni asosiy körsatkiç sifatida qaraladi. Ammo ayrim mahallalarda yölovçilar soni kam bölsa, bu haqiqatan ham transportga ehtiyoj pastligini anglatadimi?
– Har doim ham emas. Baʼzi mahallalarda avtobuslar kam qatnaşi, yönalişlar noqulayligi yoki transport tarmoqlarining asosiy manzillar bilan yetarliça boğlanmagani sababli aholi jamoat transportidan kamroq foydalanişi mumkin.
Şuning uçun yölovçilar sonini tahlil qilişda mavjud xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlarini ham hisobga oliş zarur. Masalan, mahallalarning transport bilan taʼminlanganlik darajasini, iş joylari, taʼlim muassasalari va tibbiyot taşkilotlariga yetib boriş uçun ketadigan vaqtni örganiş mumkin.
Bu maʼlumotlarni elektron xaritada aks ettiriş orqali transport xizmati yetarli bölmagan hududlarni aniqlaş va yangi yönalişlarni taşkil etişda aniq mezonlarga tayaniş imkoniyati yaratiladi.
– Özbekistonda barqaror transport tizimini şakllantiriş uçun kelgusida qaysi vazifalarga ustuvor ahamiyat qaratiş lozim?
– Menimça, birinçi navbatda, transport siyosatining markazida inson manfaatlari turişi kerak. Buning uçun bir neçta yönaliş muhim ahamiyatga ega.
Birinçidan, jamoat transportining tezligi, muntazamligi va qulayligini oşiriş zarur. Ikkinçidan, şahar atrofidagi temir yöl, metro va avtobus tarmoqlarini özaro integratsiya qiliş lozim. Uçinçidan, mahallalarning transport bilan taʼminlanganlik darajasini muntazam baholab boriş kerak.
Şu bilan birga, jamoatçilik fikrini örganiş, aholining taklif va murojaatlariga öz vaqtida munosabat bildiriş ham muhim. Çunki transport tizimidan har kuni foydalanadigan insonlar uning qaysi jihatlari qulay yoki noqulay ekanini yaxşi biladi.
Eng muhimi, barqaror transportni rivojlantirişni faqat yangi avtobuslar xarid qiliş yoki yöl infratuzilmasini kengaytiriş bilan çeklamaslik kerak. Uning asosiy natijasi insonning tejalgan vaqti, kamaygan xarajatlari, salomatligi va yaşaş muhiti sifati yaxşilanişida namoyon bölişi lozim.
– Suhbatingiz uçun rahmat!
ÖzA muxbiri
N.Usmonova suhbatlaşdi.