Hindiston zavodida uç kişi halok böldi
Hindistonning Tamilnad ştatida “Apple” kompaniyasi uçun “iPhone” qismlarini işlab çiqaruvçi “Tata Electronics” zavodida uç nafar işçi böğiliş oqibatida halok böldi.
Hodisa yuzasidan kompaniya va mahalliy hukumat tekşiruv boşladi. Voqea Hosur şahrida sodir bölgan. Sönggi yillarda Hindistondagi “Apple” hamkorlari zavodlarida qator muammolar kuzatilgan. Jumladan, “Tata” zavodida ekologiya talabi buzilgani daʼvo qilingan, “Foxconn” korxonasida esa mehnat huquqi bilan boğliq holat tekşirilgan. Şuningdek, mamlakatdagi “Apple” taʼminotçilari zavodlarida yonğin, işçilar noroziligi va işlab çiqarişdagi uziliş ham qayd etilgan.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA