Rubio: BMTni isloh qiliş uçun haqiqiy turtki bor
Hozir BMTni saqlab qoliş va isloh qiliş uçun zarur haqiqiy asos bor, dedi AQŞ Davlat kotibi Marko Rubio.
– Menimça, faqat islohot BMTni qutqaradi, – dedi u jurnalistlarga.
Şu bilan birga mulozim agar isloh qilinmasa, taşkilot jiddiy muammoga duç kelişi mumkinligini taʼkidladi. Qolaversa, AQŞ keyingi Boş kotib sifatida “islohotga çinakam sodiq” odamni köriş niyatida ekanini ham qöşimça qildi.
Avvalroq Rubio BMT tuzilmalarini keraksiz qoğozbozlikni kamaytiriş, insonparvarlik yordami samaradorligini oşirişga çaqirgan edi.
S.Rahimov, ÖzA