O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatyura san’ati muzeyi bilan hamkorlikda Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag‘ishlangan badiiy ko‘rgazma tashkil etildi.

“Haq sari” deb nomlangan ushbu ko‘rgazmada O‘zbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi Niyozali Xolmatov ijodiga oid asarlar namoyish etilmoqda.  

Ma’lumki, Alisher Navoiyning zamon va makon bilmas asarlarida koinot, borliq, avliyo va aziz zotlar tarixi, davlatchilik, adolatli jamiyat, mehr-muruvvat, insoniylik kabi cheksiz va hadsiz mavzular qamrab olingan. Ayni paytda ilohiyot, shaxsning komillikka erishuvi, mukammallik sari mashaqqatli yo‘l, inson umrining mazmuni ulug‘ bobokalonimiz asarlarida ustuvorlik kasb etadi.  

Mohir musavvir Niyozali Xolmatov Navoiy asarlarining aynan shu jihatini o‘z kartinalari uchun bosh mavzu qilib olgan edi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.  

Badiiy akademiya matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Niyozali Xolmatov mamlakatimizda lak miniatyura san’ati tiklanishi asoschilaridan biri edi. Usta o‘z asarlari bilan tarixiy miniatyura san’ati  an’analarining zamonaviy san’atda rivojlanish yo‘lini ko‘rsatdi.  

Musavvirning teran falsafiy g‘oyalarga yo‘g‘rilgan asarlari san’at  koshonalari, teatrlar, muzeylar, elchixonalarni bezab turibdi.  

O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida tashkil etilgan ushbu ko‘rgazmadan o‘rin olgan badiiy kartinalarni Navoiy asarlarining o‘ziga xos tasviriy talqini, mo‘yqalam ustasining daho shoir ijodiga yondashuvi  deb atash mumkin.  

Bu yerda Niyozali Xolmatovning rangtasvir va grafika, zargarlik asarlari namoyish etilmoqda. Ular Navoiy ijodida tasavvuf mavzusini o‘ziga xos tarzda ochib bergani bilan ahamiyatlidir.  

   Nazokat Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Haq sari” – rassomning Navoiy ijodiga o‘ziga xos nigohi