Hamyurtimiz xorijiy akademiyaning faxriy professori bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Fan va ta’lim sohasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Alisher Safarovga Belarus Respublikasi Vitebsk davlat veterinariya meditsinasi akademiyasining “Faxriy professori” unvoni berildi.
Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, shu kunlarda Vitebsk davlat veterinariya meditsinasi akademiyasining yuz yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Unda mamlakatimizning veterinariya sohasiga oid oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy tadqiqot institutlari olimlari ham ishtirok etmoqda.
Ma’lumot o‘rnida: biologiya fanlari doktori Alisher Safarov Samarqand davlat chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti dotsenti hisoblanadi.
O‘zA