Hamkorlikning yangi imkoniyatlari
Xorijiy investitsiyalarni jalb etiş, mahalliy tadbirkorlarning taşqi bozorlarga çiqişini qöllab-quvvatlaş va hududlar örtasida özaro manfaatli iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş Buxoro viloyatidagi ustuvor vazifalardan biriga aylangan. Bu borada Turkiya işbilarmon doiralari bilan yölga qöyilayotgan muloqotlar ham yangi investitsiyaviy imkoniyatlar eşigini oçmoqda.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan mamlakatimizda xorijiy investitsiyalarni keng jalb etiş, iqtisodiyot tarmoqlariga zamonaviy texnologiyalar va ilğor tajribani olib kiriş, tadbirkorlik subʼektlarining xalqaro hamkorligini mustahkamlaşga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, xorijiy davlatlar bilan hududlararo hamkorlikni rivojlantiriş, bevosita işbilarmonlik aloqalarini şakllantiriş orqali investitsiyaviy loyihalarni amaliy bosqiçga olib çiqiş muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Turkiya Respublikasi Buyuk Millat Majlisi deputati, Özbekiston bilan parlamentlararo döstlik guruhi raisi Usmon Mesten boşçiligidagi turkiyalik işbilarmonlar delegatsiyasi bilan uçraşuvi ham ana şu maqsadlarga qaratildi.
Muloqotda Özbekiston va Turkiya örtasidagi strategik şeriklik munosabatlari izçil rivojlanib, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalar yangi bosqiçga kötarilayotgani taʼkidlandi.

Uçraşuvning asosiy eʼtibori Qayseri şahrida faoliyat yurituvçi Turk dunyosi tadbirkor va işbilarmonlar assotsiatsiyasi (KAYTÜGİAD) aʼzolari bilan Buxoro viloyati tadbirkorlari örtasida özaro manfaatli hamkorlikni yölga qöyiş masalalariga qaratildi.
Mazkur taşkilot Turkiyaning Qayseri şahrida taşkil etilgan bölib, mahalliy sanoatçilar va tadbirkorlarni turkiy davlatlar bozorlari bilan boğlaş, savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlaş hamda yangi investitsiyaviy şeriklik imkoniyatlarini yaratişni öz oldiga maqsad qilib qöygan. Ayni paytda taşkilot aʼzolarining xalqaro biznes aloqalarini rivojlantiriş, yangi hamkorlar topiş va taşqi bozorlarga çiqişini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan tadbirlar, biznes-forumlar hamda işbilarmonlik uçraşuvlarini taşkil etmoqda.
Uçraşuvda turkiyalik işbilarmonlarga Buxoro viloyatining iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati, sanoat, töqimaçilik, qişloq xöjaligi, oziq-ovqat sanoati, quriliş materiallari işlab çiqariş va xizmat körsatiş sohalarida mavjud imkoniyatlar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Viloyat hokimi hududda xorijiy investorlar uçun yaratilgan qulay şart-şaroitlar, tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş mexanizmlari, investitsiya loyihalarini amalga oşiriş uçun mavjud imkoniyatlarga töxtaldi. Turkiyalik işbilarmonlarni Buxoroda yangi biznes loyihalarini boşlaş, mahalliy tadbirkorlar bilan hamkorlik aloqalarini örnatişga taklif etdi.
Zero, Buxoro bugun nafaqat boy tarixiy-madaniy merosi va turizm salohiyati, balki sanoat, qişloq xöjaligi, qayta işlaş va xizmat körsatiş tarmoqlaridagi imkoniyatlari bilan ham xorijiy sarmoyadorlar eʼtiborini tortmoqda. Bu imkoniyatlarni işga solişda xalqaro biznes doiralari bilan töğridan-töğri hamkorlik qiliş, investitsiyalarni aniq loyihalarga yönaltiriş muhim örin tutadi.
Delegatsiya vakillari ham Buxoro viloyati bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş, hududda biznes yuritiş imkoniyatlarini örganiş va istiqbolli investitsiya loyihalarida iştirok etişga qiziqiş bildirdi.
Muloqotda ikki hudud işbilarmonlari örtasida töğridan-töğri aloqalarni örnatiş, biznes delegatsiyalar almaşinuvini yölga qöyiş, qöşma biznes uçraşuvlari va investitsiya forumlarini taşkil etiş masalalari ham muhokama qilindi.
Uçraşuv yakunida Buxoro va Qayseri işbilarmon doiralari örtasida amaliy hamkorlikni rivojlantiriş, özaro manfaatli investitsiya loyihalarini şakllantiriş hamda mavjud imkoniyatlarni aniq loyihalarga aylantiriş böyiça muloqotlarni davom ettirişga kelişib olindi.

Albatta, bunday uçraşuvlarning ahamiyati faqat özaro taklif va fikr almaşiş bilan çeklanmaydi. Eng muhimi, ular mahalliy tadbirkorlar uçun yangi hamkorlar topiş, mahsulotlarini taşqi bozorlarga olib çiqiş, işlab çiqarişga zamonaviy texnologiyalarni jalb etiş va qöşimça iş örinlari yaratiş uçun zamin hozirlaydi.
Buxoro va Qayseri işbilarmonlari örtasida boşlangan muloqot ham kelgusida aniq investitsiyaviy taşabbuslar, qöşma korxonalar va özaro manfaatli iqtisodiy loyihalar bilan boyişi kutilmoqda.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri