Mahalliy kengaşlarga qöşimça vakolatlar berildi
Davlatimiz rahbari 2026-yil 16-noyabrda “Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati kafolatlarini kuçaytirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmonni imzoladi.
Farmon bilan mahalliy kengaşlarda eşitiladigan hisobotlar röyxati va ularning muddatlari tasdiqlandi. Endilikda mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari rahbarlari öz hisoboti (axboroti)ni belgilangan muddatda mahalliy Kengaşga şaxsan taqdim etadi. Şuningdek, har çorakda bir marta Kengaş sessiyasida kun tartibidagi birinçi masala sifatida, qoida tariqasida, hokim va uning örinbosarlari iştirokida saylov okruglaridagi muammolar aholi ehtiyojlaridan kelib çiqib muhokama qilinadi.
2028-yil uçun mahalliy byudjet loyihasini şakllantirişda byudjet xarajatlarining 3 foizdan 5 foizgaça qismi hudud toifasidan kelib çiqib, bevosita deputatlar taşabbusi asosida yönaltiriladi. Deputatlarning byudjet taşabbuslari kelgusi yil uçun byudjet sörovini şakllantiriş muddatidan kamida 1 oy oldin işlab çiqiladi.
Farmonga köra, 2026-yil 1-dekabrdan boşlab xalq deputatlari tuman (şahar) Kengaşlari tomonidan qabul qilinadigan hujjatlar loyihalari yuridik xizmat körsatiş markazlari tomonidan huquqiy ekspertizadan ötkaziladi. 2027-yil 1-yanvardan boşlab Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, viloyatlar va Toşkent şahar mahalliy Kengaşlari sessiyalarida fuqarolarning kuzatuvçi sifatida (sessiya işiga aralaşiş huquqisiz) iştirok etiş amaliyoti joriy etiladi.
Bundan taşqari, mahalliy kengaş deputatining tegişli viloyat, tuman va şahar hududida joylaşgan korxonalar, muassasalar hamda taşkilotlarga moneliksiz kiriş huquqi uning darajasidan (viloyat, tuman, şahar) kelib çiqib amal qilişi belgilandi. Mahalliy kengaşlarga öz qarorlarida belgilangan vazifalarni öz vaqtida bajarmagan yoki belgilangan tartibda hisobot taqdim etmagan mansabdor şaxslarni egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topiş yoxud ularni intizomiy javobgarlikka tortiş böyiça yuqori turuvçi organga körib çiqilişi majburiy bölgan taqdimnoma kiritiş vakolati berildi.
N.Abduraimova,
ÖzA