Guljanoy Naimova — Muju Gran-prisi g‘olibi
Koreya Respublikasining Muju shahrida para taekvondo bo‘yicha yilning muhim reyting turnirlaridan biri — “Muju Taekwondowon 2026 World Para Taekwondo Grand Prix” musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston para taekvondo terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etdi.
Bellashuvlar yakunida ayollar o‘rtasida +65 kilogramm vazn toifasida Guljanoy Naimova oltin medalni qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz hal qiluvchi final bahsida “Parij-2024” yozgi Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi Emi Trusdeylni mag‘lub etdi.
Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda esa Zuhriddin Tohirov (-63 kg) va Asad Toshtemirov (+80 kg) bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA