Avstraliyada bo‘lib o‘tgan 66-Xalqaro matematika olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Tadbirda Fan olimpiadalari markazi direktori T.Shermatov, ustozlar, ishtirokchilarning oila a’zolari, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etib, g‘oliblarni tabrikladi.

Terma jamoamiz a’zolari olimpiadada 5 ta medalni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston yoshlarining matematika bo‘yicha global maydondagi salohiyatini yana bir bor namoyon etishdi.

Ma’lumot uchun aytish kerakki, ushbu olimpiadada 115 ta davlatdan vakillar ishtirok etdi. Umumiy hisobda o‘zbekistonlik o‘quvchilar 4 ta kumush, 1 ta bronza jami — 5 ta medalni qo‘lga kiritdi. 

Jumladan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi Elbek Zohidjonov kumush medal, "Artel Technical School" NTMning 11-sinf o‘quvchisi Asadbek Boboqulov kumush medal, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi Rasulbek G‘afforov kumush medal, Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanidagi 21-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Behruz Elmurodov kumush medal, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi Ozodbek Axtamov bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 

N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
G‘oliblar tantanali kutib olindi