Fransiya – Gʻarbiy Yevropadagi eng yirik davlat. U hududining kattaligi jihatdan Yevropa Ittifoqida birinchi oʻrinda turadi. Mamlakatning umumiy maydoni 544 ming kvadrat km.ni tashkil etadi. Uning uchdan ikki qismi tekislikdan iborat

Fransiya – Gʻarbiy Yevropadagi eng yirik davlat. U hududining kattaligi jihatdan Yevropa Ittifoqida birinchi oʻrinda turadi. Mamlakatning umumiy maydoni 544 ming kvadrat km.ni tashkil etadi. Uning uchdan ikki qismi tekislikdan iborat.

Uzbekistan_France_flags_Album_160712.jpg
Ushbu mamlakatni iqlim oʻzgarishlariga qarab uch xil mintaqaga boʻlish mumkin: Okean mintaqasi (Gʻarbdan), Oʻrta yer dengiz mintaqasi (Janubdan) va Kontinental mintaqa (mamlakat markazi va Sharqdan). Mamlakat hududining 82 foizi, aniqrogʻi 45 million gektar maydoni qishloq xoʻjaligi yerlari va oʻrmonzorlardan iborat. Oʻrmonzorlar salmogʻi jihatidan Fransiya Yevropa Ittifoqida faqatgina Shvetsiya va Finlyandiyadan keyingi uchinchi oʻrinda turadi. Mamlakat aholisi 62 million kishi (2016 yilgi maʼlumot)dan ortiq boʻlib, bir kv. km.ga 105 kishi toʻgʻri keladi. Aholining teng yarmidan ortiqrogʻi shaharlarda yashaydi. Aholi soni jihatidan Fransiya Yevropada Germaniyadan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Mavjud aholining 93 foizini fransuzlar tashkil etadi.

Fransiya – dinga erkinlik bergan davlat. Bu yerda qaryib barcha dinlarga mansub aholi istiqomat qiladi, yaʼni katoliklar 81,4 foizni, musulmonlar 6,9 foizni, protestantlar 1,6 foizni, iudistlar 0,4 foizni va boshqa dindagilar 8,1 foizni tashkil etadi.

Fransiyaning davlat tuzilishi – respublika

hemicycle-plein-vue-panoramique.jpg

Mamlakatni davlat prezidenti boshqaradi. Prezident 7 yilga saylanadi. Fransiya respublikasi quyidagi holatda tarkib topgan: mustamlaka yerlar (22 ta chegaradosh va 96 ta maʼmuriy terretorial okrug), 4 ta dengizorti maʼmuriy territorial okrug (Gvadelupa, Martinika, Gviana, Reyuon), 4 ta dengizorti hudud (Fransuz Polineziyasi, Yangi Kaledoniya oroli, Uolles va Futuna, Janubiy yerlar va Fransiya Antarktidasi), shuningdek, alohida haq-huquqlarga ega hudud (Mayor, Sen-Per Mikelon).

Mamlakatning oliy organi – parlament. U senat va ikki palatali parlamentdan tashkil topgan.Fransiya Yevropa Ittifoqi (YEI), Yevratom, Gʻarbiy Yevropa Ittifoqi va bir necha siyosiy hamda iqtisodiy tashkilotlar aʼzosi. 1949-yildan esa NATOga aʼzo sanaladi.

Fransiya iqtisodiyoti qudratli davlat

306481.640xp.jpg

Fransiya keng taraqqiy etgan industrial – agrar davlat. U koʻpgina yerosti qazilma boyliklariga ham ega. Yaʼni bu yerdan temir rudasi, toshkoʻmir, uran rudasi, boksit va kaliy tuzi koʻp miqdorda qazib olinadi.

Yalpi ichki mahsulot (YAIM) va sanoat mollari ishlab chiqarish jihatidan u dunyoda toʻrtinchi (AQSH, Yaponiya, Germaniyadan keyingi) oʻrinni egallaydi. Chetga mahsulot eksport qilish (asosan, mashina va zamonaviy texnologiyalar) boʻyicha ham toʻrtinchi, qimmatli zahiralarga egaligi boʻyicha esa uchinchi (AQSH va Yaponiyadan keyingi) oʻrinni band etgan. Shuningdek, Fransiya Yevropada qishloq xoʻjalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksport qilish borasida birinchi oʻrinda turadi.

Mamlakat Gʻarbiy Yevropadagi integratsiyalashuv jarayonlarida ham faol ishtirok etadi. Fransiya iqtisodiyoti uchun xarakterli jihatlardan biri yirik monopoliya mahsulotlari ishlab chiqarishdir. Ayni kunda ikkita yirik kompaniya poʻlat eritish va undan mahsulot tayyorlash boʻyicha 70 foizlik ulushni, elektrli va elektr texnologiya asbob-uskunalari ishlab chiqarish boʻyicha 50 foizlik ulushni va avtomobil ishlab chiqarish boʻyicha qaryib 100 foizlik ulushni oʻz qoʻlida ushlab turibdi. Eng monopollashgan ishlab chiqarish harbiy sohadagi sanoat mollaridir.

Eʼtiborlisi, fransuzlarga xos sanoatlashtirishning muhim koʻrinishi katta-katta ishlab chiqarish obyektlarini butunlay hokimlik tarzida egallaganlikdadir. Bunday holatda mamlakatda yuz xil turdagi sanoat ishlab chiqarish turlari 20 ta shunday yirik mulk egalari tasarrufida. Masalan, “Peja-Sitreon” va “Reno” monopolistlarida avtomobil sanoati, “Elf-Akiten” monopolistlarida neft sanoati va “Yunizor-Syansilor”da qora metallurgiya, shuningdek, “Kompaniya jeneral elektrosite”da yadro energetika, “Ron-Pulenka” monopolistlarida esa kimyo sanoati kabilar. Mazkur mamlakat iqtisodiyotining yana bir oʻziga xosligi gigant, yirik korxonalar hamda kichik oʻrta tadbirkorlik korxonalari kapitallari (mablagʻlari) markazlashgan moliyaviy muassasalarda saqlanmasligidir.

french.png

Fransiya elektr energiyasi ishlab chiqarish boʻyicha Yevropada yetakchi davlatlardan sanaladi. Mamlakat har yili 490 milliard kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega. Umuman olganda, Fransiya elektr energiyasi ishlab chiqarish boʻyicha dunyoda AQSH, Xitoy, Yaponiya, Rossiya va Kanadadan keyingi 6-oʻrinda turadi.

Muxtasar aytganda, Fransiya iqtisodiyoti ayni paytda qudratli va jadal rivojlanayotgan davlatlardan biri. Professional xizmat koʻrsatuvchi PwC gigantining oʻtgan yilgi “Kelajakka nazar: 2050-yilga borib qaysi mamlakatlar iqtisodiyotida global oʻzgarishlar roʻy beradi?” nomli hisobotida dunyoning eng kuchli iqtisodiyotga ega boʻlishi kutilayotgan 32 mamlakat orasida Fransiya 4 705 milliard dollar bilan 12-oʻrinni band etgani yuqoridagi fikrimizni tasdiqlaydi.

Qishloq xoʻjaligida yetakchi

derevenskiy-turizm-8.jpg

Fransiya qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtiruvchi va uni chetga eksport qiluvchi dunyodagi yetakchi davlatlardan biri. Uning tabiiy iqlim sharoiti bu yerda qishloq xoʻjalik mahsulotlaridan moʻl hosil yetishtirishning imkonini beradi. Chorvachilik Fransiya qishloq xoʻjaligining eng rivojlangan tarmogʻi boʻlib, sohada qoʻlga kiritilayotgan sarmoyaning uchdan ikki qismi aynan shu tarmoqqa toʻgʻri keladi.

Chorvachilikda esa naslchilik, boʻrdoqichilik va goʻsht-sut yoʻnalishi muhim ahamiyat kasb etadi. Fransiya mol goʻshti, yogʻ, sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha dunyoda nufuzli mamlakat sirasiga kiradi. Masalan, u bu borada Yevropa Ittifoqida ikkinchi, dunyoda esa beshinchi oʻrinni egallaydi. Don mahsulotlaridan – bugʻdoy, arpa, sholi va makkajoʻxori, shu bilan birga qand lavlagi, kartoshka va sabzovat ekinlari yetishtirishda ham Fransiyada katta tajriba toʻplangan. Vino tayyorlashda u jahonda Italiyadan keyingi ikkinchi, konyak ishlab chiqarishda esa birinchi oʻrinni egallaydi.

Mamlakatda qishloq xoʻjalik maydonlari koʻpgina yer sohiblariga boʻlib berilgan. Xoʻjalik yuritish ikki turda – oilaviy pudrat va sanoatlashgan usulda tashkil etilgan. Fransuz qishloqxoʻjaligi yangicha kechgan islohotlar tufayli soha juda tez sanoatlashdi, hech qanday bank va savdo mablagʻlarisiz rivojlandi. Agar ilgari qishloq xoʻjaligi mahsulotlari monopolist tashkilotlar kapitali vositasida qayta ishlangan boʻlsa, hozirda soha oʻz kapitali, oʻz korxonalariga ega. Fransiya qishloq xoʻjaligi mamlakatda yagona agrosanoat majmuasi tarkibiga kiradi.

Oʻzbekiston va Fransiya – ishonchli hamkorlar

zbekistonning_frantsiyadagi_elchikhonasi_foto.jpg

Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar 1992 yil 1 martda oʻrnatilgan.

1992 yildan iyundan boshlab Fransiyaning Oʻzbekistonda, 1995 yil mart oyidan boshlab esa, Oʻzbekistonning Fransiyada elchixonasi faoliyat boshlagan.

Bugungi kunda Oʻzbekistonda Fransiyaning dunyodagi oʻrni va roli yuqori baholanadi. Ikki mamlakat oʻrtasida koʻplab sohalarda – siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy, ilmiy-gumanitar, turizm... teng sherikchilik tamoyiliga asoslangan holda samarali hamkorlik olib borilmoqda.

Fransiya Oʻzbekiston Respublikasining Yevropa Ittifoqidagi eng muhim sheriklaridan. 2017 yilda ikki mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro tovar ayirboshlash hajmi 251,6 million AQSH dollarini tashkil etdi.

Bugungi kunda “Eyrbus”, “Teknip”, “Obertyur”, “Tales”, “Serinnov”, “Komau Frans” kabi oʻnlab fransuz kompaniyalari Oʻzbekistonda turli savdo-iqtisodiy loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

Oʻzbekistondagi eng koʻp sayyoh aynan Fransiyadan tashrif buyuradi

500887_original.jpg

Fransiya turizm salohiyati boʻyicha dunyoda yetakchi davlatlardan sanaladi. BMTning Xalqaro sayyohlik tashkiloti bergan bayonoti ham buni dalillaydi.

Joriy yil boshidagi mazkur bayonotga koʻra, 2017-yil dunyoda sayohat qilgan insonlar soni 1 milliard 322 millionni tashkil qilgan. Ularning 42 foizi 10 ta davlat hissasiga toʻgʻri keladi. Roʻyxatning eng yuqori qismidan 88,9 million sayyoh bilan Fransiya joy olgan. Ikkinchi oʻrin Ispaniyaga tegishli – 82,2 million. AQSHga uchinchi oʻrin nasib qildi – 72,9 million. 4-5 – oʻrinlar Xitoy va Italiyaga tegishli.

Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi turizmni rivojlantirish borasida mustahkam aloqalar oʻrnatilgan. Oʻzbekistondagi eng koʻp sayyoh aynan Fransiyadan tashrif buyurayotgani ham buning yorqin isbotidir.

Masalan, Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasining maʼlumotiga koʻra, 2016-yilda mamlakatimizga tashrif buyurgan fransuz sayyohlarining soni 4 889 kishini tashkil qilgan boʻlsa, 2017-yilda bu koʻrsatkich 5 748 kishiga yetdi. 2018-yilning dastlabki sakkiz oyiga koʻra, mamlakatimizga sayohat qilayotgan fransiyaliklar soni 9 172 nafarni tashkil qilmoqda.

Eʼtiborlisi, Prezidentimizning 2018-yil 4-oktyabrdagi farmoniga muvofiq, shu yilning 5 oktyabridan eʼtiboran Fransiya Respublikasi fuqarolari uchun 30 kungacha muddatga vizasiz rejim kuchga kirdi. Endi Fransiya fuqarolari Oʻzbekistonga 30 kun mobaynida vizasiz sayohat qilishlari mumkin.

Bu, oʻz navbatida, Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasida oʻzaro madaniy, ilmiy va taʼlim sohalaridagi hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirishga, xalqaro munosabatlarni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishga, shuningdek, mamlakat investitsion muhiti hamda turistik salohiyati rivojiga xizmat qiladi.

Tarixiy tashrif – yangi imkoniyatlar eshigini ochadi

елисейский дворец.jpg

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga koʻra, ushbu mamlakatga tarixiy tashrifi ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikning yangi sahifalarini ochishi muqarrar.

Davlatimiz rahbarining Yevropa qitʼasiga birinchi davlat tashrifi hisoblangan ushbu safar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb qilish, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlash, biznes-tuzilmalar oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar yaratadi. Fransiya orqali butun Yevropa jamoatchiligi eʼtiborini Oʻzbekiston salohiyatiga qaratilishi shubhasiz.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fransiya – qudratli iqtisodiyotga ega davlat