Fermerlarga suv şartnomalari va subsidiyalardan foydalaniş tartibi tuşuntirildi
Suv resurslaridan samarali foydalaniş, uni adolatli taqsimlaş va isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş bugungi kunda qişloq xöjaligidagi dolzarb masalalardan biridir.
Ayniqsa, suv taqsimotida ayollar iştirokini kengaytiriş, fermer va dehqon xöjaliklarining huquqiy savodxonligini oşiriş hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş yanada ahamiyatli.
Joriy yilning 18-21-noyabr kunlari Buxoro viloyatining Olot va Qoraköl tumanlari hamda Qoraqalpoğiston Respublikasining Amudaryo va Möynoq tumanlarida "Aral Sea Wetlands" loyihasi doirasida ötkazilgan treninglar va amaliy uçraşuvlarda mazkur masalalarga alohida urğu berildi.
Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi, BMTTD hamda Global ekologik jamğarmaning qöşma loyihasi doirasida ötkazilgan treninglarda suvdan foydalanuvçilarning huquq va majburiyatlari, şartnomaviy munosabatlar, subsidiyalardan foydalaniş, suv hisobini raqamli yuritiş va "aqlli" hisoblagiçlarning imkoniyatlari muhokama qilindi.
"Aral Sea Wetlands" loyihasining suv va yer resurslarini boşqarişda gender masalalari böyiça maslahatçisi Ifoda Axmedxöjayevaning sözlariga köra, taşabbusning muhim yönalişlaridan biri suv resurslarini taqsimlaşda ayollar iştirokini kengaytirişga qaratilgan.
– Qişloq joylarda tomorqa yerlaridagi mehnatning katta qismi ayollar zimmasiga töğri keladi. Şu bois suv resurslarini taqsimlaş va bu borada qarorlar qabul qiliş jarayonida ularning iştirokini kengaytiriş muhim. Bu nafaqat ayollar manfaatlarini hisobga oliş, balki qişloq oilalarining oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaşga ham xizmat qiladi, –dedi u.
Dastur doirasida mutaxassislar Qoraqalpoğiston Respublikasining Amudaryo tumanidagi loyiha hududlariga taşrif buyurib, örnatilgan "aqlli" suv hisoblagiçlari bilan tanişdi.
Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriyasi rahbari, professor Malika Ikromovaning maʼlum qilişiça, loyiha doirasida 13 ta fermer xöjaligi hududida şunday hisoblagiçlar örnatilgan. Ular suv sarfini ölçaş, hisobga oliş va taqsimotini nazorat qiliş imkonini beradi. Qurilmalar quyoş panellari orqali energiya bilan taʼminlangan.
– "Aqlli" suv hisoblagiçlari suv sarfini aniq hisobga oliş, uning taqsimotini nazorat qiliş va quyi oqimdagi xöjaliklarga suv yetkazib beriş samaradorligini oşiriş imkonini beradi. Eng muhimi, bu texnologiyalar suvdan foydalanişda şaffoflikni taʼminlaş va asoslangan qarorlar qabul qilişga yordam beradi, –deya taʼkidladi M. Ikromova.
Umuman olganda, loyiha doirasidagi işlar suv resurslarini boşqarişda huquqiy savodxonlik, raqamli texnologiyalar va gender tengligini uyğunlaştirişga qaratilgan. Bu esa suv taqsimotida adolat va şaffoflikni taʼminlaş, fermerlar manfaatlarini himoya qiliş hamda ayollarning qarorlar qabul qilişdagi iştirokini kuçaytirişga xizmat qiladi.
Nasiba Ziyodullayeva, ÖzA