Xalqaro hamkorlik asosida yoşlar uçun zamonaviy IT taʼlimi yölga qöyiladi
Mamlakatimizda yoşlarning zamonaviy kasblarni egallaşi, axborot texnologiyalari sohasida bilim va könikmalarini rivojlantirişi hamda munosib iş bilan taʼminlanişi uçun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu borada xalqaro hamkorlikni kengaytiriş, hududlarda raqamli taʼlim infratuzilmasini mustahkamlaş va yoşlarning IT sohasidagi salohiyatini röyobga çiqariş muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Şu maqsadda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlikda amalga oşiriladigan loyiha doirasida dastlabki amaliy işlar olib borilmoqda.
Raqamli texnologiyalar vaziri örinbosari Rustam Karimjonov KOICA ekspertlari delegatsiyasi bilan uçraşuv ötkazdi. Unda ekspertlarning Qoraqalpoğiston Respublikasi va Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi davomida amalga oşirgan örganişlari natijalari muhokama qilindi.
Xususan, Nukus va Qarşi şaharlarida taşkil etilişi rejalaştirilgan ikkita IT-hab hamda hududlardagi 14 ta raqamli taʼlim markazi uçun ajratilgan bino va yer maydonlarining holati örganildi. Ularning joylaşuvi, texnik imkoniyatlari va zamonaviy standartlar asosida jihozlanişi yuzasidan ekspertlar hisoboti körib çiqildi, deyiladi Raqamli texnologiyalar vazirligi maʼlumotida.
Uçraşuvda loyihaning yakuniy iş rejasi va amalga oşiriş muddatlari ham kelişib olindi. Şuningdek, hududlardagi yoşlarni xalqaro standartlarga mos IT taʼlimi bilan qamrab oliş, ularning kasbiy salohiyatini oşiriş va yuqori daromadli iş örinlariga joylaşişiga kömaklaşiş mexanizmlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Taʼkidlaş joizki, 2026–2032-yillarga möljallangan uşbu loyiha hududlarda raqamli taʼlim infratuzilmasini rivojlantiriş, yoşlarning startaplari va tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşga qaratilgan.
M. HOJIAKBAROVA,
ÖzA