Ekologik masʼuliyat — inson salomatligi garovi
Bugun mamlakatimizda ekologik barqarorlikni taʼminlaş, atmosfera havosi musaffoligini asraş, işlab çiqariş jarayonlarining atrof-muhitga taʼsirini kamaytiriş davlat siyosati darajasiga kötarilgan. Prezidentimiz taşabbusi bilan ilgari surilayotgan ekologik islohotlar, xususan, “Yaşil makon” umummilliy loyihasi hamda atrof-muhitni muhofaza qilişga qaratilgan çora-tadbirlar har bir korxona va taşkilot zimmasiga ham katta masʼuliyat yuklaydi.
Bu borada işlab çiqariş korxonalarida ekologik talablarga rioya etilişi, havoga çiqarilayotgan çang va boşqa ifloslantiruvçi moddalar miqdorini kamaytiriş muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, işlab çiqariş samaradorligi faqat iqtisodiy körsatkiçlar bilan emas, balki uning inson salomatligi va tabiatga taʼsiri bilan ham baholanişi lozim. Ana şu maqsadda Buxoro viloyati Jondor tumani Ekologiya partiya taşkiloti tomonidan “Jondor Agroklaster” MÇJ tizimidagi “Jondor paxta tozalaş” MÇJ korxonasida jamoatçilik monitoringi ötkazildi.
Monitoring davomida korxonada atmosfera havosiga çang çiqişining oldini oliş, mavjud tozalaş uskunalarining samaradorligini oşiriş va ekologik xavfsizlikni taʼminlaş borasida amalga oşirilgan işlar atrofliça örganildi.

Maʼlum bölişiça, korxonada çangni uşlab qoliş tizimini takomillaştiriş maqsadida siklonlar taʼmirlangan, qöşimça çang uşlagiçlar örnatilgan. Çang taşqariga çiqişi mumkin bölgan ulaniş nuqtalari germetiklangan. Şuningdek, ikkita ketma-ket siklondan iborat ikki bosqiçli tozalaş tizimi joriy etilgan. Siklonlarda töplanadigan çiqindilarni öz vaqtida çiqarib taşlaş tartibi ham yölga qöyilgan. Bu çoralar işlab çiqariş jarayonida havoga tarqaladigan çang miqdorini kamaytirişga xizmat qiladi. Biroq bunday tizimlarni örnatişning özi kifoya emas. Ularning doimiy soz holatda işlaşi, texnik xizmat körsatiş işlarining öz vaqtida bajarilişi va ekologik meʼyorlarga qatʼiy amal qilinişi ham muhimdir.
Monitoring jarayonida korxona hududini kökalamzorlaştiriş işlariga ham eʼtibor qaratildi. Hududda arça va boşqa manzarali daraxtlar ekilgan, ularni parvarişlaş işlari taşkil etilgan. “Yaşil makon” umummilliy loyihasi doirasida kuz-qiş mavsumida yana 400 tup daraxt köçati ekiş rejalaştirilgan.

Albatta, daraxt ekiş — bu faqat hududni obodonlaştiriş emas, balki kelajak avlod uçun soğlom ekologik muhit yaratişga qöşilgan hissadir. Ayni paytda ekilgan köçatlarning tutib ketişi, muntazam suğorilişi va parvarişlanişi ularning sonidan kam bölmagan ahamiyatga ega.
Monitoring yakunida çang tozalaş uskunalarining texnik sozligini doimiy nazorat qiliş, ekologik meʼyorlarga qatʼiy rioya etiş, köçat ekiş va parvarişlaş işlarini izçil davom ettiriş zarurligi taʼkidlandi. Şuningdek, atmosfera havosi holatini muntazam kuzatib boriş maqsadida avtomatik laboratoriya örnatiş masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.
Eng muhimi, jamoatçilik monitoringi işlab çiqariş korxonasi faoliyatiga faqat mavjud kamçiliklarni aniqlaş nuqtai nazaridan emas, balki ekologik masʼuliyatni kuçaytiriş, tabiatga ehtiyotkorona munosabatni qaror toptiriş va aholi salomatligini muhofaza qiliş nuqtai nazaridan yondaşiş zarurligini yana bir bor körsatdi.
Zero, toza havo, musaffo tabiat va yaşil muhit — barçamiz uçun birdek qadrli boylik. Uni asraş esa davlat idoralari, işlab çiqariş korxonalari va keng jamoatçilikning muştarak vazifasidir.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri