FarDU xalqaro reytingdan o‘rin oldi
QS World University Rankings xalqaro reyting agentligi 2025 yil natijalarini e’lon qildi.
Quvonarlisi, Farg‘ona davlat universiteti ushbu katta nufuzga ega dunyo reytingida 801-850-o‘rindan joy egalladi.
QS (Quacquarelli Symonds) Osiyo universitetlari reytingi Osiyodagi universitetlarning sifatini baholashda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, tadqiqotlar sifati, o‘qitish darajasi, xalqaro hamkorlik, ilmiy nashrlar va universitetning ijtimoiy obro‘si kabi mezonlarni o‘z ichiga oladi.
Aytish kerakki, QS - Osiyo universitetlari reytingi metodologiyasi universitetlarning o‘quv va tadqiqot sifati, xalqaro hamkorlik darajasi, ilmiy nashrlar soni va iqtibos olish ko‘rsatkichlarini baholashga asoslanadi.
Farg‘ona davlat universiteti o‘z faoliyatida ushbu yuqori ko‘rsatkichga erishishi esa mamlakatimizda oliy ta’limni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar samarasini yaqqol ifoda etgan.
Universitetning ilmiy hamda o‘quv sifatini yaxshilash borasidagi harakatlari FarDU o‘z xalqaro strategik yo‘liga ega ekanini ko‘rsatib turibdi.
Sh.Mamaturopova, O‘zA